Rossiya

Neft narxi $300 ga chiqishi mumkin - Novak

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMinistr energetiki RF Aleksandr Novak
Ministr energetiki RF Aleksandr Novak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya neftining aksariyati tankerlar yordamida eksport qilinadi, shu sababni eksport yoʻnalishini oʻzgartirish qiyin emas. Neft sotib olishga qoʻyilgan taʼqiqlar esa faqat uning narxi oshishiga olib keladi.
TOSHKENT, 21 mar - Sputnik. Gʻarb davlatlari Rossiya neftidan voz kechsa, neftning birja narxi 300 dollarga chiqishi mumkin, dedi Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novak.
"Neft narxi, shartli ravishda 300 dollargacha chiqishi mumkin, ayrimlar hatto 500ni bashorat qilmoqda", - dedi Novak.
Rossiya bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Moskva neft eksportini diversifikatsiya qilishi ham mumkin.
"Neft bu quvur emas, u asosan tankerlarda eksport qilinadi. Shuni uchun uni boshqa davlatlarga ham sotish mumkin", - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Novak aytishiga koʻra, Rossiya har qanday, hatto eng jiddiy cheklov stsenariylariga oldindan tayyorgarlik koʻrib qoʻyishga harakat qilmoqda.
"Hech boʻlmasa, biroz chegirma bilan sotish ham mumkin. Uni jon deb sotib olishadi. Kamroq pul ishlasak ham neftni sotishning ilojini topamiz", - deb hisoblaydi Novak.
AQSH va Britaniya Rossiya neftidan voz kechsa deyarli hech narsa oʻzgarmaydi, chunki bu davlatlarga yetkazib berilayotgan neft hajmi unchalik katta emas.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan soʻng, aksariyat Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qoʻllay boshladi. Birinchi navbatda bank sektoriga qarshi, keyin yuqori texnologiyalar sohasiga zarba berildi. Shundan soʻng Rossiya samolyotlariga Yevropa osmonida uchish taʼqiqlandi. 8 mart kuni esa AQSH Rossiyadan neft importiga qarshi sanktsiyalar kiritishini eʼlon qildi. Undan soʻng Britaniya ham shunga oʻxshash sanktsiyalar kiritdi.
Kreml bunday qarshi choralarga kiritilishini bilganini va tayyorgarlik koʻrganini maʼlum qildi. MB valyuta bozorida vaziyatni barqaror ushlab turishga harakat qilmoqda. Hukumat barcha ijtimoiy vazifalarini bajarmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytishiga koʻra, Rossiya rivojlanishini toʻxtatib turish, uni kuchsizlantirish - Gʻarbning uzoq muddatli maqsadi va sanktsiyalar dunyo iqtisodiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Yangiliklar lentasi
0