https://oz.sputniknews-uz.com/20220321/prezident-ozbekiston-xalqini-navroz-bilan-tabrikladi-23455645.html
Prezident Oʻzbekiston xalqini Navroʻz bilan tabrikladi
Prezident Oʻzbekiston xalqini Navroʻz bilan tabrikladi
Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21 mart kuni Navroʻz bayrami shodiyonasi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdi.
2022-03-21T12:07+0500
2022-03-21T12:07+0500
2022-03-21T12:21+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
navroʻz
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/15/23455567_92:54:1213:684_1920x0_80_0_0_aabcd77d27469d675ec798cc45319c3e.jpg
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21 mart kuni Navroʻz bayrami shodiyonasi boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdi.Prezident koronavirus pandemiyasi tufayli soʻnggi ikki yilda Navroʻzi olamni yuksak darajada nishonlashning iloji boʻlmagani, lekin bu yilgi bayram har safargidek yuksak shodiyonalar bilan qarshi olinayotganini alohida taʼkidladi.Mirziyoyev soʻnggi kunlarda kuzatilayotgan yogʻingarchiliklarga toʻxtalib, bu Yaratganning oliy neʼmati ekanini qayd etdi.Prezident Hakim at-Termiziyning “Navroʻznoma” kitobida agar Navroʻzi olam dushanba kuni kirsa, koʻp yomgʻir-qor yogʻadi, hosil moʻl boʻladi, yil toʻqchilikda oʻtadi, deb yozilganini eslatdi.“Bu fikrlar ham aynan dushanba kuni Navroʻzni kutib olayotgan el-yurtimizning orzu-niyatlari bilan uygʻun va hamohang, desak har tomonlama toʻgʻri boʻladi”, - dedi Mirziyoyev.Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, mahalla obod boʻlsa, butun mamlakat obod boʻladi. Mahallabay ishlash albatta xalqning roziligiga olib keladi. Hukumat ish uslubini oʻzgartirib boʻlsa, odamlarni rozi qilish butun kuch-gʻayratini ishga soladi.Mirziyoyev Navroʻz bayramini nishonlayotgan barcha xalqlarga, xorijiy hamkorlarga ham ezgu tabrik va salomlarini yoʻlladi. Bayram tadbiri katta kontsert dasturi bilan davom ettirildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/15/23455567_20:0:1157:853_1920x0_80_0_0_68433e6d81ec89d33bff24acf9710e76.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, navroʻz
Prezident Oʻzbekiston xalqini Navroʻz bilan tabrikladi
12:07 21.03.2022 (yangilandi: 12:21 21.03.2022) Oʻzbekiston rahbari koʻp millatli mamlakat xalqini Navroʻz bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21 mart kuni Navroʻz bayrami shodiyonasi boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdi.
Prezident koronavirus pandemiyasi tufayli soʻnggi ikki yilda Navroʻzi olamni yuksak darajada nishonlashning iloji boʻlmagani, lekin bu yilgi bayram har safargidek yuksak shodiyonalar bilan qarshi olinayotganini alohida taʼkidladi.
Mirziyoyev soʻnggi kunlarda kuzatilayotgan yogʻingarchiliklarga toʻxtalib, bu Yaratganning oliy neʼmati ekanini qayd etdi.
“Osmondan yomgʻir emas, obi-rahmat, qut-baraka, rizq-roʻz yogʻmoqda. Buning uchun albatta Yaratganga har qancha shukronalar aytsak arziydi”, - dedi davlat rahbari.
Prezident Hakim at-Termiziyning “Navroʻznoma” kitobida agar Navroʻzi olam dushanba kuni kirsa, koʻp yomgʻir-qor yogʻadi, hosil moʻl boʻladi, yil toʻqchilikda oʻtadi, deb yozilganini eslatdi.
“Bu fikrlar ham aynan dushanba kuni Navroʻzni kutib olayotgan el-yurtimizning orzu-niyatlari bilan uygʻun va hamohang, desak har tomonlama toʻgʻri boʻladi”, - dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, mahalla obod boʻlsa, butun mamlakat obod boʻladi. Mahallabay ishlash albatta xalqning roziligiga olib keladi. Hukumat ish uslubini oʻzgartirib boʻlsa, odamlarni rozi qilish butun kuch-gʻayratini ishga soladi.
“Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansni xalqimizni buyuk qudratidan kuch olib, bugungi va ertangi avlodimiz albatta bunyod etadi”, - deya ishonch bildirdi davlat rahbari.
Mirziyoyev Navroʻz bayramini nishonlayotgan barcha xalqlarga, xorijiy hamkorlarga ham ezgu tabrik va salomlarini yoʻlladi. Bayram tadbiri katta kontsert dasturi bilan davom ettirildi.