“UzAirways” 22-23 mart kunlari mamlakat bo‘ylab qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna bo‘lish
22-23 mart kunlari Urganch, Nukus, Termiz, Namanganga qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 22-23 mart kunlari Urganch, Nukus, Termiz, Namanganga qo‘shimcha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘shimcha reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahaliy vaqt):
22 mart, HY057-058 Toshkent – Urganch – Toshkent reysi
Toshkentdan jo‘nab ketish 19:30
Urganchga yetib borish 21:00
Urganchdan jo‘nab ketish 21:50
Toshkentga yetib borish 23:10
23 mart, HY019/020 Toshkent – Nukus – Toshkent reysi
Toshkentdan jo‘nab ketish 20:00
Nukusga yetib borish 21:40
Nukusdan jo‘nab ketish 22:30
Toshkentga yetib borish 23:50
HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent reysi
Toshkentdan jo‘nab ketish 15:00
Termizga yetib borish 16:20
Termizdan jo‘nab ketish 17:10
Toshkentga yetib borish 18:20
HY093/094 Toshkent – Namangan – Toshkent reysi
Toshkentdan jo‘nab ketish 10:00
Namanganga yetib borish 11:00
Namangandan jo‘nab ketish 11:50
Toshkentga yetib borish 12:40
Avvalroq “UzAirways” Navro‘z bayrami munosabati bilan chiptalarni 50 foizga arzonlashtirgani xabar qilingan edi. Chegirma 19-23 mart kunlari mahalliy reyslarga amal qiladi.
Yangiliklar lentasi
0