Kolumnistlar

"Veymar yoki Zimbabve?": Amerika oʻz kelajagiga nazar solmoqda

© AP Photo / Virginia MayoFlagi SSHA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele. Arxivnoye foto
Flagi SSHA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarbning 2008, 2014 va 2016 yillarda kiritilgan "doʻzaxiy" sanktsiyalari Rossiyaga asosan foyda keltirdi. Oʻtgan davr mobaynida Rossiya oʻz uyiga ega boʻlgan fuqarolar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻringa chiqdi.
Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya xavfsizligining eng muhim tomonlaridan biriga eʼtibor qaratdi – iqtisodiy xavfsizlikka. Koʻrib turganimizdek, yadroviy qurol hozircha Ukraina mojarosini global mojaroga aylanib ketishidan saqlab turibdi. Lekin iqtisodiyot maydonlarida chinakam global urush ketmoqda. Odamlar nima kiyishi, kommunal toʻlovlar va benzin uchun qancha pul toʻlashi – mana shular hozirgi zamonning eng muhim savollariga aylanmoqda.
Kollektiv Gʻarbga qarshi bizning jang maydonimiz
“Iqtisodda qulash boʻlmaydi”, dedi Medvedev. Bunga ishonsa boʻladi, chunki 2008 yildagi global krizis vaqtida ham mamlakat aynan Medvedev boshqaruvi ostida edi. 2008 yilning avgustida Rossiya armiyasi Gruziyani tinchlikka majburlagan edi. Sentyabrda esa Yevropa va AQsh bizga qarshi sanktsiyalar qoʻllay boshlagan edi.
Bizning gʻarblik hamkorlarimiz Rossiyaning JSTga kirishini Gruziya iltimosiga koʻra kechiktirishgan, “Gazprom”ning Yevropaga yetkazib berayotgan hajmi qisqargan edi. Britaniya ham qandaydir talablar qoʻygan, frantsuzlar ikkilangan Angela Mekel ham lunjini silkitib bir nimalar degan edi. Esingizdami?
Koʻpchillik albatta bularni unutgan. Oʻshanda ham bizga qarshi “doʻzaxiy sanktsiyalar” kiritishni vaʼda berishgandi. Lekin 2011 yilda Rossiya JSTga aʼzo boʻldi va oʻtgan 10 yil ichida Rossiya dunyoning eng gullab-yashnayotgan davlatlaridan biriga aylandi.
2014 yilda, Medvedev hukumat raisi boʻlgan yillari, Rossiyaga qarshi yana bir talay sanktsiyalar kiritildi. Rasman bu Donbassda urib tushirilgan Boing uchun boʻlsa-da, aslida bizni Qrim uchun jazolashgan edi. Biz bularni barchasini aslida nima uchun ekanini yaxshi bilardik.
Oʻsha vaqtlar ham shaxsiy sanktsiyalar, iqtisodning maʼlum sektorlariga qarshi sanktsiyalar ham kiritilgan edi. Batafsil Deutsche Welleda tanishish mumkin. U yerda toʻliq roʻyxat bor.
Oradan bir yil oʻtib prezident Obama “Rossiya iqtisodi yakson qilingan”ini maʼlum qilgan edi. Ha, albatta, biz bilmagan ekanmiz. Oʻshanda Rossiyada rubl kursi pastga qulagan edi, lekin ipoteka sohasida yangi rekordlar oʻrnatilgan edi. Axir bu ajoyib-ku? Siz nima deb oʻylaysiz?
2016 yilda “Amerika saylovlariga aralashish”da ayblab yangi sanktsiyalar kiritildi. Bizga yana bir nimalarni taʼqiqlashdi, lekin biz buni sezmay qoldik. Undan soʻng esa koronavirus pandemiyasi sodir boʻldi. Bu krizisga ham Rossiya navbatdagi ipoteka bumi bilan javob qaytardi. Agar buni barqaror iqtisod deb boʻlmasa, barqaror iqtisod nima ekanini men bilmayman.
Medvedev aytganidek, “AQSH Davlat Departamenti, dastlabki jazavadan soʻng oʻzining “oʻta qatʼiy” pozitsiyalaridan pastga tusha boshlaydi. Aksariyat sanktsiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotlarni biz allaqachon eshitdik. Ustiga ustak AQSH va Yevropada energiya tashuvchilar bozorlaridagi vaziyat oʻta yomon”.
Bu “oʻta yomon” degani nima degani? Axir bular shunchaki birjadagi narxlar oʻynashi emas. Unda boʻlganda sirli birokerlar bir zumda pul ishlab olardi va vaziyat hal boʻlardi. Bu sizga “Uoll strit boʻrisi” filmi sahnasi emas. “Oʻta yomon” degani – hamma narsaning narxi kun sayin emas soat sayin oʻsayotganini, fuqarolar maoshlari esa joyida turganini anglatadi.
Medvedev bayonoti bilan bir vaqtda Fox News telekanalida afsonaviy boshlovchi Taker Karlsonning koʻrsatuvi ham chiqdi. Unda narxlar oʻsishi batafsil hisob-kitob qilinmoqda. San-Frantsiskoda 10 dona tuxum deyarli 5 dollarga yetgan, Nyu-Yorkda esa dudlangan goʻshtning bir funti 7 dollardan oshib ketgan. Ha bu shaharlar oʻzi qimmat deyish mumkin, lekin Arizona shtatidagi Finiks shahrida ham “yaqinda 9 dollar turgan pishloq narxi bugun 14,56 dollar boʻlgan”, - deb arz qilmoqda mahalliy ayol. “Narxlar har 3 kunda oʻzgarmoqda. Bu xuddi Veymar yoki Zimbabvega oʻxshaydi”, - deb izoh bergan vaziyatga Karlson.
Shu yerda rossiyalik oʻquvchilar bizlardagi narxlarni esga olishi mumkin. Gap axir 10ta tuxum 500 soʻm yoki bir krujka pivo 1000 rublligida emas. Amerikada biroz yashagan har bir kishi u yerda kambagʻallik kutilmagan darajada keng tarqalganini yaxshi tushunadi.
Bir necha yil oldin, AQShda choʻntagingda 50 dollar puling boʻlsa, kishi oʻzini qashshoq deb his qilardi. Navbatdagi tunni qayerda oʻtkazishni bilmasdi, och qolishi ham mumkin edi. Bugun esa amerikalik tuzu ovqatlanishi, tuzuk joyda tunashi va mashinasiga yoqilgʻi quyishi uchun amerika fuqarosiga qancha pul kerakligini tasavvur qilish ham qiyin. Jamoat transporti deyarli yoʻq boʻlgan va taksi palon pul turadigan amerikada – shaxsiy avtomobil juda kerak.
Rossiyada ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan kishi, jamoat transportida “quyon” boʻlib yurishi, kommunal toʻlov va soliqlarni yillab toʻlay yurishi mumkin. AQShda esa puli yoʻqlar uchun bunday “tuynuk”lar allaqachon mahkam berkitilgan. U yerda hamma narsa pullik boʻlgan, baʼzida Amerikaga kelgan xorijliklarga har bir olgan nafasi uchun ham pul toʻlayotgandek tuyuladi.
Lekin u yerliklarning maoshi ham oʻsayotgani yoʻq, inflyatsiya esa soatbay oʻsmoqda. Masalan kecha Los-Anjelesda mashina bakiga toʻldirib yoqilgʻi quyish 180 dollar edi. Bugun yana qimmatroq boʻlgan boʻlsa ajab emas.
Shu kunlarda Amerikada oʻgʻirlikning yangi turi paydo boʻlgan. Odamlar birovning mashinasi benzin bakini teshib benzin oʻgʻirlash holatlari koʻpaymoqda. Avtomobil egasi yangi benzobak sotib olishga toʻgʻri keladi. Bu esa kamida 1000 dollar.
Bugun amerikaliklar dahshat bilan bir narsani tushunishmoqda – benzin narxi hamma narsaga taʼsir qiladi – oziq-ovqat, mebel, maishiy texnika, yetkazib berish xizmati. Hamma narsa qimmatlashmoqda. Naxlar oshishi rasman eʼlon qilingan inflyatsiyadan juda katta farq qilmoqda. Baʼzi toifa ishlaydigan fuqarolar uchun oziq-ovqat ham qimmatlik qilmoqda. Nyu-Yorkda bepul ovqat tarqatish joylarida navbat bir necha kvartalga choʻzilmoqda.
“Oziq-ovqat narxi oshganda hukumatlar qulaydi. Och odamlar xavfli boʻladi”, - deb Vashingtonga ogohlantirish yoʻllamoqda Karlson.
Amerikalik jurnalist Jo Baydenga atalgan tanqidli chiqishlarini tayyorlash vaqtida men Moskvadagi supermarketlardan birida bolalarimga tushlik uchun oziq-ovqat xarid qilmoqdaman. Sanktsiyalar kiritilganiga 2 hafta oʻtgan boʻlsa, magazin rastalarida oldingi import tovarlar oʻrnida men oldin koʻrmagan yangi Rossiya brendlari paydo boʻlgan. Men oldin hech qachon koʻrmagan ajoyib Rossiya mahsulotlari. Qandolat, trikotaj, shokolad, turli tuman pishloqlar, Qrim vinolari vahokazo. Ha bizning yurtimiz keng, boy va xilma-xil. Narxlar esa taniqli Gʻarb brendlari mahsulotlaridan 2-3 baravar arzon.
Ukrainadagi maxsus operatsiya tanqidchilari inflyatsiya va rubl devalvatsiyasi Rossiyadagi oʻrta sinfni yoʻq qiladi, deyishmoqda. Menimcha esa, iqtisodda sodir boʻlayotgan bugungi oʻzgarishlar oʻrta sinfni yaynan yaratmoqda. Ha, faqat import brendlarni tan oladigan kishilarga qiyn boʻlmoqda. Lekin kiyim-kechakka qiziqmasdan, koʻchmas mulkka pul tikkanlar bugun yutuqda. Chunki uning narxi yaxshigina oʻsgan.
Aytmoqchiman-ki, aynan uy xoʻjaliklari egalari haqiqiy oʻrta sinf hisoblanadi. Oʻz uyng boʻlmasa qanday mustaqil kishi boʻlishi mumkin. Hech qanday brend kiyimlar buning oʻrnini bosa olmaydi. Oʻz uyiga ega boʻlgan fuqarolar soni boʻyicha bugungi kunda Rossiya dunyoda yetakchilikka chiqmoqda. Bizdan oldinda faqat Xitoy. AQShda esa oʻz uyiga ega boʻlganlar ulushi tobora kamaymoqda.
Rosiiyaga mutlaq ishqiboz boʻlmagan Gonkongning South China Morning Post nashri, bugun AQSH sanktsiyalari amerika dollarni rezerv valyuta sifatida obroʻyiga jiddiy putr yetkazganini qayd etmoqda. Bundan buyon dunyo mamlakatlari oʻz zahiralarini boshqa valyutalarga oʻtkazishni boshlaydi. Jumladan Xitoy yuaniga ham.
Lekin Rossiya Banki zahiralarining oʻgʻirlanishi barcha valyutalarni shubha ostiga qoʻymoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston oʻz mablagʻlarini Xitoy valyutasida saqlashni istashi ham amri mahol. Hatto Xitoyning oʻzi ham oʻzining trillion dollarlik zahiralarini yuanga oʻtkazishga jurʼat etarmikan?
Shu oʻrinda, Xitoy qandaydir oʻrta asrlarga xos chora oʻylab topdi. U butun dunyodagi tankerlarni ijaraga olib, ularing barini neft bilan toʻldirib zahira qilib qoʻyishga qaror qildi. Yomon emas-a?
Gʻarbliklar bizni qaytarmoqchi boʻlayotgan oʻrta asrlar – oziq-ovqat taʼminotida beqarorlik holatlari tez-tez uchrab turardi. U vaqtlarda odamlar och qolishi odatiy hol edi. Bugun esa ochliq nafaqat rivojlanayotgan mamlkatlarga tahdid solmoqda, balkim yaqin-yaqingacha hamma havas qiladigan rivojlanish darajasi yuqori boʻlgan davlatlarga ochlik tahdid solmoqda. KElajakda ehtimol Nyu-Yorkka ham gumanitar yordam yuborishga toʻgʻri kelar.
Dmitriy Medvedev nutqidan lavha keltirishda davom etamiz: “AQSH va Yevropada energiya manbalari bozorlarida vaziyat “oʻta yomon” va mahalliy hokimiyatlar bunda Rossiyani ayblashmoqda. Lekin ushbu davlatlar xalqari rusofoblar yoki “esini yegan chollar” emas. Ular hammasini tushunib turishibdi va yaqinda oʻz hukumatlariga “Rossiyaga qarshi sanktsiyalar” uchun hisob-kitob qilishni talab qilishadi.
Amerika oʻzini qanday kelajak kutayotganini tushuna boshlagan shekilli. “Odamlar oʻziga yetarlicha oziq-ovqat sotib olishga imkoni yoʻq ekan, eh akalar, bu biz qandaydir dahshatli voqealar boʻsagʻasiga kelib qolganimizdan darak beradi. Uygʻonish vaqti keldi va imkon qadar tezroq”, - deb ogohlantiradi AQSH rahbariyatini teleboshlovchi Taker Karlson. Ular quloq solamikan?
Yangiliklar lentasi
0