Sport

Akbar Joʻrayev va Ruslan Nuriddinov oʻz vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni boʻldi

© Foto: NOK UzbekistanaAkbar Djurayev
Akbar Djurayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Olimpiada gʻoliblari Ruslan Nuriddinov va Akbar Joʻrayev Xivadagi Oʻzbekiston chempionatida oʻz vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Xiva shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqaning soʻnggi kungi dasturida ogʻir vaznli sportchilar oʻzaro bahs olib borgan. Akbar Joʻrayev eng ogʻir vazn toifasida (+109 kg) ishtirok etgan. Tokio—2020 chempioni va rekordchisi dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 232 kg toshni oʻziga boʻysundirib, ikki kurash boʻyicha 417 kg natija koʻrsatgan.
Shuningdek, Rio—2016 gʻolibi Ruslan Nuriddinov -109 kg vaznda mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. U umumiy hisobda 415 kg (185+230) ogʻirlikdagi toshni koʻtarishga muvaffaq boʻlgan.
Ogʻir vazn toifalarida chempionlar qayd etgan natijalar:
-96 kg: Hojiakbar Olimov (Samarqand viloyati) – 328 (150+178) kg;
-102 kg: Sunnat Oʻsarov (Toshkent viloyati) – 371 (170+201) kg;
-109 kg: Ruslan Nuriddinov (Andijon viloyati) – 415 (185+230) kg;
+109 kg: Akbar Joʻrayev (Toshkent viloyati) – 417 (185+232) kg.
2021 yilning dekabr oyida Toshkentda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatida Akbar Joʻrayev oltin, Ruslan Nuriddinov esa kumush medalga sazovor boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0