Analitika

Qaysi mahsulotlar boʻyicha Rossiya jahon bozori yetakchisi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishDənəvər kalium gübrəsi, arxiv şəkli
Dənəvər kalium gübrəsi, arxiv şəkli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya jahon bozori uchun strategik va oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan qator mahsulotlarning eng yirik yetkazib beruvchisidir.
TOSHKENT, 22 mar - Sputnik. Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanktsiyalar Rossiyadan koʻra, ularni kiritayotgan davlatlarga koʻproq zarar keltirmoqda. Sputnik Belarus maqolasi asosida.
Chunki Rossiya jahon bozori uchun strategik va oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan qator mahsulotlarning eng yirik yetkazib beruvchisidir. Xususan, tabiiy gaz, bugʻdoy, neft va koʻmir, oʻgʻitlar va hokazo.
1. Dunyoda birinchi oʻrinda:
Tabiiy gaz (203,5 mlrd. m3);
Metallurgiya sanoati mahsulotlari (>50 mln. t)
Bugʻdoy (>49 mln. t)
Oʻgʻitlar (kaliyli, azotli va aralash - 44 mln. t)
2. Dunyoda ikkinchi oʻrinda:
Neft mahsulotlari (230 mln.t)
3. Dunyoda uchinchi oʻrinda:
Koʻmir (227 mln.t)
Bugungi kunda Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar soni rekord natija - 6 mingga yaqinlashdi. Koʻrib turganimizdek, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. Na iqtisodiy defolt, na giperinflyatsiya, na ommaviy tartibsizliklar.
Toʻgʻri, dollar kursi oshgan, inflyatsiya meʼyoridan koʻproq, import avtomobillar, smartfonlar narxi koʻtarilgan, lekin kundalik hayotda dollar nima kerak? Mashina va smarfonni ham keyinroq yangilash mumkin.
AQSH va Yevropaning oʻzida esa muammolar boshlandi. Benzin, gaz, bugʻdoy va oʻgʻitlar narxi kun sayin yangi rekordlar oʻrnatmoqda. Oziq-ovqatlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Aholi noroziligi oshmoqda.
Rossiya Gʻarbsiz yashay oladi, lekin Gʻarb-chi?
Yangiliklar lentasi
0