https://sputniknews-uz.com/20220323/lavrov-ukrainaga-nato-tinchlikparvarlarini-jonatish-oqibatlaridan-ogohlantirdi-23514700.html
Lavrov Ukrainaga NATO tinchlikparvarlarini joʻnatish oqibatlaridan ogohlantirdi
Lavrov Ukrainaga NATO tinchlikparvarlarini joʻnatish oqibatlaridan ogohlantirdi
Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
2022-03-23T17:34+0500
2022-03-23T17:34+0500
2022-03-23T17:34+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
sergey lavrov
ukraina
nato
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/12/23413616_0:0:3193:1796_1920x0_80_0_0_93522920e380c9506522f3ff6dede40f.jpg
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.Rossiya TIV rahbari Polsha rasmiylari u yerga qoʻshinlarni joʻnatish zarurligi haqida bot-bot takrorlab kelayotgani eslatdi.Shu bilan birga Rossiya vaziri Polsha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini joʻnatishni taklif qilib, Lvovda shtab-kvartira ochishni xohlab, keyin u yerda qolishni istayotgan boʻlishi mumkinligini istisno qilmadi.Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukraina oʻz hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini maʼlum qilgan edi.16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Polshaning “Qonun va adolat” hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/12/23413616_185:0:2914:2047_1920x0_80_0_0_716c6f9d065664904815a0544fe89e4c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sergey lavrov, ukraina, nato
Lavrov Ukrainaga NATO tinchlikparvarlarini joʻnatish oqibatlaridan ogohlantirdi
Lavrov: Ukrainaga NATO tinchlikparvar kuchlarini yuborish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashishiga olib keladi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Rossiya TIV rahbari Polsha rasmiylari u yerga qoʻshinlarni joʻnatish zarurligi haqida bot-bot takrorlab kelayotgani eslatdi.
“Umid qilamanki, ular nima haqida gapirayotishganini tushunishadi. Bu koʻpchilik nafaqat yoʻl qoʻymaslik, balki umuman boʻlmasligini aytayotgan oʻsha Rossiya va NATO qurolli kuchlarining toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashishi boʻladi”, -
dedi Lavrov.
Shu bilan birga Rossiya vaziri Polsha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini joʻnatishni taklif qilib, Lvovda shtab-kvartira ochishni xohlab, keyin u yerda qolishni istayotgan boʻlishi mumkinligini istisno qilmadi.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukraina oʻz hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini maʼlum qilgan edi.
16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Polshaning “Qonun va adolat” hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.