Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2022
Obuna bo‘lish
Forum 24-26 mart kunlariga rejalashtirilgan. Unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar yirik investorlari qatnashishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ertaga, 24-mart kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekison rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Asadovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yetakchisi forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Forum 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafardan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Forum doirasida yalpi majlis va sho‘’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Mazkur anjuman mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. O‘zbekistondagi imkoniyatlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va jozibador yo‘nalishlar tanishtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0