Iqtisod

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki yana qisqaradi - prezident qarori

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boʻsh turgan koʻchmas mulk obʼyekti onlayn-auktsionga qoʻyilib, ayrim tijorat banklari xususiylashtiriladi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Endilikda boʻsh turgan obʼyektlar, keraksiz foydalanilayotgan va asosiy faoliyat sohasiga taalluqli boʻlmagan aktivlardan samarali foydalaniladi. 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qarorni imzoladi.
Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼyekti onlayn-auktsion savdolariga chiqariladi.
1 apreldan boshlab, hokim yordamchilari oʻz hududlarida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼyekti yoki yer uchastkalarini aniqlasalar, ularni onlayn-auktsion savdolariga chiqarishlari mumkin.
Hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obʼyekti–hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auktsion savdolariga chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda – yer uchastkalari) – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma uch kun muddatda tegishli idoralar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, ikki hafta muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auktsion savdolariga chiqariladi.
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan obʼyekt (ijtimoiy obʼyektlar bundan mustasno) ijaraga beriladi yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
2022 yil 1 mayga qadar "UMS" (Universal Mobile Systems MCHJ)ni baholash va sotish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchisi, investitsiya banki yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyani jalb etiladi. 2023 yil 1 aprelga qadar uni xususiylashtirish choralari koʻriladi.
2022 yil 1 iyulga qadar “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi 25 ta don korxonasi, qolganlari esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.
2022 yil 1 apreldan boshlab “Oʻzagroservis” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning koʻchmas mulk obʼyektlari, zarur hollarda, ularni alohida lotlarga boʻlgan holda, elektron onlayn-auktsion savdolariga baholangan qiymatda chiqariladi.
2022 yil 1 aprelga qadar “Oʻzagrolizing” AJning operatsion samaradorligini oshirish, mavjud qarzdorliklarini tarkibiy oʻzgartirish, jamiyatning likvidliligi va toʻlov qobiliyatini taʼminlashni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, “Oʻzagrokimyohimoya” va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlari tugatiladi. Ular ikki oy muddatda elektron onlayn-auktsion savdolariga chiqariladi.
Bank sektorida davlatning ulushi kamaytiriladi. Bu boʻyicha hujjatda quyidagilar belgilab qoʻyildi:
1 oktyabrga qadar "Qishloq qurilish bank" ATBning aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO);
1 iyulga qadar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “Oʻzmilliybank” AJlarning aktsiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO);
Shu yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqarish.
Maʼlumot uchun, xozirda Oʻzbekistonda 33 ta bank oʻz faoliyatini olib bormoqda. Ularning 12 tasida davlat ulushi mavjud. 2022 yil 1 fevral holatiga koʻra, ushbu bank aktivlari 354 898 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0