https://oz.sputniknews-uz.com/20220324/migrantlar-tadbirkorlarni-qollab-quvvatlash-narx-navo-muammolar-qanday-hal-etiladi-23525779.html
Migrantlar, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Migrantlar, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Jamshid Qoʻchqorov oziq-ovqat mahsulotlari bojxona toʻlovlarini nolga tushirish imkoniyati koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi. Mehnat migrantlari muammolarini hal... 24.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-24T10:51+0500
2022-03-24T10:51+0500
2022-03-24T10:51+0500
iqtisod
jamshid qoʻchqorov
migrantlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/02/21617981_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_9416bf12ff2c0a8b94c16114c903e7b6.jpg
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jamshid Qoʻchqorov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bularga toʻxtalib oʻtdi.Mehnat migrantlariVazirning soʻzlariga koʻra, tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga rublda pul oʻtkazmalari uzluksiz amalga oshirilayotgani taʼminlangani alohida taʼkidlangan. Bu ishni davom ettirish topshirilgan.Mehnat migrantlarni muammolarini hal qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashPrezident Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga tadbirkorlarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirgan.Prezident soha va hududlarda har kuni monitoring oʻtkazish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi taʼkidlangan.Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari soha va hududlarda har kuni monitoring oʻtkazish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi taʼkidlangan.Jamshid Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona toʻlovlarini nolga tushirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazgani xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/02/21617981_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_1f3ee8b114b18f48607863046e7b67bb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamshid qoʻchqorov, migrantlar
Migrantlar, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, narx-navo: muammolar qanday hal etiladi
Jamshid Qoʻchqorov oziq-ovqat mahsulotlari bojxona toʻlovlarini nolga tushirish imkoniyati koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi. Mehnat migrantlari muammolarini hal qilish uchun qator vazirliklar vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.
Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot vaziri Jamshid Qoʻchqorov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bularga toʻxtalib oʻtdi.
Mehnat migrantlari
Vazirning soʻzlariga koʻra, tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga rublda pul oʻtkazmalari uzluksiz amalga oshirilayotgani taʼminlangani alohida taʼkidlangan. Bu ishni davom ettirish topshirilgan.
Mehnat migrantlarni muammolarini hal qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil etiladi.
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash
Prezident Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga tadbirkorlarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirgan.
“Baʼzi tadbirkorlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada kreditni qanday toʻlashi haqida tashvishlanayotgan boʻlishi mumkin. Xabaringiz bor, oʻtgan yilning avgust oyida prezidentimiz tadbirkorlar bilan uchrashuvda ushbu kreditlarni soʻmda toʻlash imkoniyatini yaratish boʻyicha topshiriq bergan edi. Bu mexanizmdan har qanday tadbirkor foydalanishi mumkin” - dedi Qoʻchqorov.
Prezident soha va hududlarda har kuni monitoring oʻtkazish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi taʼkidlangan.
Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari soha va hududlarda har kuni monitoring oʻtkazish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriqlar bergan. Korxonalarni aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlash tizimini yanada soddalashtirish muhimligi taʼkidlangan.
“Transport-logistika masalalarini hal etish, jumladan, Uzbekistan Airways faoliyatini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar, ayniqsa, kichik va oʻrta biznes vakillariga sharoit yaratib berish, qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Soliq qoʻmitasiga koʻrsatmalar berildi” - dedi bosh vazir oʻrinbosari.
Jamshid Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona toʻlovlarini nolga tushirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.
“Biz bu masala boʻyicha tegishli qaror kiritamiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish
oʻtkazgani xabar qilingan edi.