Kolumnistlar

Putinning gazli ultimatumi. Yevropa noiloj qoldi

© Sputnik / Vladimir TrefilovMonetы nominalom odin rubl
Monetы nominalom odin rubl - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropa Ittifoqi bundan buyon gaz uchun rublda toʻlashga majbur boʻladi. Bu jahon iqtisodida qanday oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin?
Oʻtgan 23 mart, soʻzsiz tarixda qoladigan kun boʻldi. Chunki aynan shu kun Rossiya prezidenti Vladimir Putin taaluqli vazirlik va muassasalarga xorijga yetkazib berilayotgan Rossiya gazi uchun hisob-kitoblarni rublga oʻtkazishni topshirdi. Bu mubolagʻasiz soʻnggi yillarda sodir boʻlgan eng ahamiyatli voqealardan biri boʻldi. Barchamiz shu kunlarda yangi, yuqori qiymatga ega boʻlgan va ishonchli dunyoviy valyuta paydo boʻlishiga guvoh boʻlmoqdamiz. Koʻz oldimizda, butun jahon iqtisodini qulga aylantirgan, neft-dollar ustuvorligining soʻnggi nurlari soʻnmoqda.
Ushbu voqeaning ahamiyati naqadar muhim ekanini tushunish mushkul emas. Oʻzingiz qarang, Jahon banki hisob-kitobiga koʻra, 2020 yilda dunyoda tabiiy gaz bozori hajmi 446 milliard dollarni tashkil qilgan. 2021 yil natijalari hali hisoblanmagan, lekin bozor hajmi 553 milliardgacha oʻsishi kerak edi. 2025 yilga kelib esa mutaxassislar gaz bozori hajmi misli koʻrilmagan 758 milliardga yetishini bashorat qilishmoqda.
Ushbu raqamlarni biz odatiy boʻlgan amerika dollarida hisobladik, lekin bu faqat hozircha. Chunki bugungi kunda tabiiy gazni oldi-sotidi shartnomalarining 80% aynan dollarda amalga oshirilmoqda. Dollar – bu Amerika moliyaviy gegemoniyasi oʻnlab yillar davomida tayangan asosiy ustunlardan biridir.
Yangi davr kelmoqda v unda Rossiyaga dushman boʻlgan davlatlar oʻz xatolari oqibatida mutlaq oddiy tanlov qilishga majbur: Rossiya gazi uchun rublda toʻlash yoki bozorda muqobil taʼminlovchi izlash, ehtimol arzonroq odatiy dollar qabul qiladigan.
Ushbu talab kimga taaluqli ekanini bilish uchun prezidentning 2022 yil 5 mart kuni imzolangan yana bir farmoni bilan tanishamiz. Unda Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qabul qilgan nodoʻst mamlakatlar roʻyxati aniq keltirilgan: Ukraina, AQSH, YEI davlatlari, Britaniya, AQSH,
Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Singapur, Tayvan, Norvegiya, Janubiy Koreya va yana bir qator mayda davlatlar.
Yuqorida keltirilgan davlatlar orasida faqat AQSH oʻz suyultirilgan gaziga ega. Yaqinda u gaz eksporti boʻyicha Avstraliya va Qatardan oʻzib ketdi. Lekin jimgina Vashingtondagi akalarga boʻysoʻngan Yevropada esa vaziyat chatoq.
Yevropada tanlash imkoni cheklangan. YEI agar Rossiya gazi uchun rublda toʻlashni istamasa, shunchaki gaz ventilini burab yopib qoʻya olmaydi. Yana bir bor aytamiz, Rossiya shu kunga qadar gaz yetkazib berishdan biror marotaba voz kechmagan va oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarib kelmoqda.
Rossiya gazidan eng manfaatdor boʻlgan Yevropa davlati bu YEI yetakchisi Germaniya. 2020 yilda nemislar Rossiyadan 155 milliard metr kub gaz sotib oldi. Undan 75 milliardini Germaniya oʻz ehtiyojlariga ishlatgan, qolganini esa boshqalarga sotgan. Aytish joizki nemislar Rossiya gazini uzoq muddatli shartnomalar asosida 850 dollardan sotib oladi va birja narxi 1300 dollardan sotadi (biroz oldin 2500 edi). Germaniya byudjeti Rossiya gazini sotishdan yirik daromad olayotganini hisoblash qiyin emas.
Yaqinda gaz bozorida boʻlajak voqealarni oldindan bilgandek, iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Germaniya iqtisodi - 55% Rossiya gazi, 52% - Rossiya koʻmiri va 34% - Rossiya neftiga muhtoj ekanini taʼkidlagan edi. Germaniya Moskva bilan hamkorlikdan voz kechsa ommaviy ishsizlik va kambagʻallik boshlanishini bashorat qilgan edi. “Iqtisod bunday shokka dosh bera olmaydi”, - degan edi Xabek.
Shuningdek, yaqinda iqtisodiyot mutaxassislari Germaniya Rossiya gazidan butunlay voz kechgan taqdirda voqealar qanday rivojlanishini kompyuter dasturlari yordamida modellashtirishgan edi. Virtual krash-test natijasiga koʻra, Rossiya zangori olovisiz Germaniyada isitish tizimi ishdan chiqadi, bu oʻz navbatida shamollash kasalliklari koʻpayishiga olib keladi. Aholi qoʻlbola isitish vositalaridan foydalanishni boshlaydi, oqibatda yongʻinlar koʻpayadi. Dori vositalari defitsiti kuchayadi, kasalxona va qariyalar uylarida muammolar boshlanadi. Gaz yetishmovchiligi yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik sohalarini yoʻq qiladi. Rossiya gazi tranzitidan olinayotgan daromadlar yoʻq boʻladi.
Non va non mahsulotlari sohasida ham jiddiy muammolar yuz beradi. Mahsulot narxi keskin oshadi. Bunga Rossiya va Ukrainadan olib kelinayotgan bugʻdoy narxi oshishi bunga oʻz hissasini qoʻshadi. Germaniya 26% bugʻdoyni aynan ushbu davlatlardan import qiladi. Bu yil Ukrainada bugʻdoy hosili qanday boʻlishi nomaʼlum, chunki ekin vaqti oʻtib bormoqda. Rossiya boʻlsa bugʻdoy eksportiga vaqtincha cheklov kiritgan.
Rossiya gazi, koʻmiri va mazutidan voz kechish – Germaniyada ishlab chiqarilayotgan jami elektr energiyasini 25%ga qisqartiradi. Ustiga ustak, Olaf Sholts boshchiligida Germaniya rahbariyati yil oxiriga qadar soʻnggi 3ta AESni ham yopishni vaʼda qilgan. Bu yana minus 11% elektr degani. Oxir oqibat Germaniya yil oxirida jami ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining uchdan biridan mahrum boʻlishi mumkin. Bu rivojlangan ogʻir sanoat va yuqori turmush darajasiga ega boʻlgan mamlakat uchun halokatli boʻlishi mumkin.
Ushbu vaziyatda Vladimir Putinning kechagi bayonoti Germaniya va butun Yevropa uchun tundagi chaqmoqdek boʻldi. Kun oxirida Germaniya gaz sanoati Zukunft Gas rahbari Timm Keler “Germaniya Rossiyaning gaz kontrakti uchun toʻlovlarni rublda amalga oshirsh talabini katta sarosima bilan kutib oldi” degan bayonot bilan chiqdi.
Vujudga kelgan vaziyatni hisobga olganda, nodoʻst mamlakatlarga Rossiyaning ushbu talabi yoqadimi yoqmaydimi rublda toʻlashiga toʻgʻri keladi.
P.S. Moskva valyuta birjasi ushbu yangilikka allaqachon reaktsiya bildirdi. Putin nutqidan soʻng dollar kursi tushishni boshladi. Umuman sanktsiyalar fonida 120 rublga chiqqan dollar kursi 11 martdan soʻng toʻxtovsiz tushib kelmoqda. Bugun Mosbirja kursi 103 rubl.
Yangiliklar lentasi
0