Siyosat

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentga keladi

© Portal pravitelstva RossiiMinistr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov
Ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchiligida Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar qildi.
Rossiya delegatsiyasi Oʻzbekiston poytaxtiga 25 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Forumning birinchi kunidagi yalpi majlisda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov qatnashdi.
24-26 mart kunlari boʻlib oʻtayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida yalpi majlis va shoʻʼba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etadi.
Rossiya va Oʻzbekiston viloyatlarini oʻzaro nima bogʻlaydi
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil noyabrida Toshkentda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtgan edi. Rossiya Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga toʻplangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd dollardan oshadi. Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni soʻnggi toʻrt yil ichida 2,5 baravar koʻpayib, va 2 mingdan oshgan.
Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd dollarni tashkil etadi.
Tashqi savdo aylanmasiga koʻra, Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik hamkori hisoblanadi. Oʻzbekistonning 2021 yildagi tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard dollarga yetgan boʻlsa, shuning 17,9 foizi Rossiya ulushiga toʻgʻri keladi.
Yangiliklar lentasi
0