Kolumnistlar

Vashington “yettilik”ni “yigirmalik” bilan adashtirmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtish28 iyunya 2019. Pered nachalom sammita "Gruppы dvadtsati" v mejdunarodnom vыstavochnom tsentre INTEX Osaka v Osake
28 iyunya 2019. Pered nachalom sammita Gruppы dvadtsati v mejdunarodnom vыstavochnom tsentre INTEX Osaka v Osake - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi dunyo allaqachon kirib kelgan boʻlsa-da, eski dunyo tartibining asiri boʻlib qolishni afzal koʻradigan Amerika rahbariyati buni tan olishni istamaydi.
Jo Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida uning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQShning Rossiyani dunyoning eng yirik iqtisodiy klubi boʻlmish G20 dan chiqarmoqchi ekanini maʼlum qildi.
“Katta yigirmalik masalasiga kelsak: Rossiya endi odatdagidek xalqaro institutlar va xalqaro hamjamiyatda biznes yurita olmaydi, deb hisoblaymiz", -deydi Sallivan. Oʻz bayonotida u Vashington bu masalani hamon oʻrganayotgani va “navbatdagi bayonot bilan chiqishdan oldin” AQShning oʻz ittifoqchilari bilan maslahatlashib olishni xohlayotganini bildirdi. Rossiyaning klubdagi ishtiroki masalasi payshanba kuni Bryusselda, Bayden ishtirokida boʻlib oʻtadigan YEI va “Katta yettilik” sammitlarida koʻrib chiqiladi.
Bu yangilik Amerika maʼmuriyatining real voqelikdan qanchalar uzilib qolganining bildiradi, chunki G20dan birorta ham ishtirokchini chetlashtish mumkin emas. Dunyoning 20 ta eng yirik (YAIM boʻyicha) davlat rahbarlari yiliga bir marta jahon iqtisodiyotining turli masalalarini muhokama qilish uchun yigʻiladi – tabiiyki unda siyosiy masalalar ham muhokama qilinadi, asosan kuluarlarda va ikki tomonlama uchrashuvlarda.
Ha, rasmiy ravishda “Katta yigirmalik” “Katta sakkiztalik”dan kelib chiqqan. 2014 yildan keyin katta sakkizlik G7 formatiga qaytgan edi. G20 Gʻarb davlatlari assotsiatsiyasidan chiqqan boʻlsa-da, u allaqachon oʻzib ketgan va dunyoning mustaqil va asosiy klubiga aylangan.
“Katta yigirmalik”ning yuqori darajadagi uchrashuvlari 2008-yilda, Gʻarb tomonidan qurilgan jahon moliya tizimining zaiflashuvi va jahon iqtisodiyotiga koʻrsatgan salbiy taʼsiri natijasida kelib chiqqan jahon moliyaviy inqirozidan soʻng boshlandi. Aslida oʻsha paytning oʻzidayoq Gʻarbning hukmronlik davri tugagan edi – va bunda anglo-sakslarning oʻzi jahon iqtisodiyotini qutqarish uchun dunyoning asosiy mamlakatlarini birgalikda harakat qilishga chorlashga majbur boʻlgandi. “Katta yigirmatalik” Gʻarb va Sharq, Shimol va Janubni birlashtirib, ularga nafaqat umumiy yechimlarni izlash, balki oʻzaro muloqot qilish imkonini ham berardi.
Ikkinchi imkon birinchisiga qaraganda anchayin kerak boʻlib qoldi, chunki globallashuvning anglo-saksoncha modelining (moliyaviy tizim ham uning bir qismi) muvaffaqiyatsizligi yildan-yilga yaqqol koʻrinib boryapti. Shunday qilib, dunyo rahbarlari bir yilda kamida bir marotaba yigʻilish imkoniga ega edi. Biroq koronavirus mana shu imkondan ham mahrum qildi.

“Katta yigirmalik” ning soʻnggi yigʻilishi 2019-yilning iyun oyida Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtgandi. Keyingi ikki sammit videoformatda oʻtkazildi, yaʼni shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan. Biroq G20 aʼzolari bu yilning oktyabr oyi oxirida Balida offlayn formatda uchrashadi. Oʻz-oʻzidan bu sammit yilning eng muhim uchrashuvi boʻladi - chunki uch yil davomida hech qanday uchrashuv boʻlmadi va bu vaqtda dunyo jiddiy tarafga oʻzgardi.

Darvoqe, Indoneziya orolida allaqachon yirik xalqaro sammit – Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) boʻlib oʻtdi. Hamkorlik u boshqa davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va AQShni ham birlashtirgan. 2013 yil 7 oktyabrda sammit boʻlib oʻtgan - va tongda Vladimir Putinni tugʻilgan kuni bilan oʻsha vaqti XXR raisi boʻlgan Si Tszinpin tabriklagan edi ( keyinroq maʼlum boʻlishicha, kechqurungi uchrashuvda ular hatto bir shisha aroq ostida birga oʻtirishgan).
Undan atigi bir oy avval esa G20ning Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan sammitida Putinning oʻzi mehmonlarni kutib olgandi. Si Tszinpin ham, Obama ham shu yerda edi, lekin oʻshanda ham Rossiya Qoʻshma Shtatlar bilan munosabatlarda aniq qarorga kelgan edi. Oʻsha payti hali Ukrainaning Rossiya tomon burilishi boʻlmagan (Yanukovich Yevropa integratsiyasi toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdan bosh tortganidan keyin), lekin allaqachon Putin va Obama oʻrtasida Suriya kimyoviy qurollarini olib tashlash boʻyicha kelishuv bor edi, bu esa AQShning Suriyaga maʼlum qilgan boʻlajak zarbasini oldini olgan edi. Zarbaning bekor qilinishi sabab AQSH Yaqin Sharqdagi oxirgi obroʻsini ham yoʻqotgan edi (bundan saudiyaliklar juda gʻazablandi) va Vashington Putinni bu ishi uchun kechirmadi.
Ammo bundan ham muhimi 2013 yil yozida MXXning qochoq xodimi Edvard Snoudenga Rossiyadan boshpana berilishi boʻldi. AQSH hukumati uning ekstraditsiyasini talab qildi. Aynan oʻshanda Qoʻshma Shtatlar va Rossiya munosabatlari ortga qaytmas nuqtaga yetib keldi – va keyin boʻlib oʻtgan barcha voqealar, xususan, Ukrainadagi Maydan ham Putinning 2013-yil yozidagi “yaramas xatti-harakati”ga Vashingtonning munosabat bildirgan javobi boʻldi.
Keyingi yil G20 aʼzolari Avstraliyaning Brisben shahrida uchrashdi va 2014-yil noyabrida AQSH oʻsha sammitda Putinni izolyatsiya qilishga urindi. Biroq urinish oʻxshamadi, garchi prezident tadbirni rejalashtirilganidan sal erta tark etgan boʻlsa-da.

G20 ning yaratilishi Atlantika loyihasining muvaffaqiyatsizlik ramziga aylandi – hozir esa, 2022 yilda Gʻarbning yigirmalikni manipulyatsiya qilishga urinishlari juda kulgili. Xoʻsh, Rossiyani chetlab oʻtishga intilishida Gʻarbga kim yordam beradi?

G20 ikki qismga boʻlingan: Gʻarb dunyosi va gʻarbiy boʻlmagan dunyo. Gʻarb dunyosiga AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi kiradi (u ham klubga kiritilgan). Yaʼni, bu amerikaliklarga qaram boʻlgan Janubiy Koreya va anglo-sakson Avstraliyasi qoʻshilgan oʻsha “Katta yettilik”.
G20 ning qolgan yarmi Xitoy, Rossiya, Hindiston, musulmon davlatlari (Saudiya Arabistoni, Turkiya, Indoneziya), Lotin Amerikasi davlatlari (Meksika, Argentina va Braziliya) va Janubiy Afrikadir. Yaʼni, Rossiyani jazolash va uni jahon iqtisodiyotidan “arralash”da Gʻarbga qoʻshilmagan dunyoning qolgan qismi. Chunki bu qism Rossiyaning dunyo tartibini qayta tashkil etishda yetakchi sifatida harakat qilayotgani va agar bu borada unga yordam bermasa, ertaga atlantikachilarning gegemonligini istamaganlar bilan Gʻarb albatta kurashishga harakat qilishini yaxshi tushunadi.
G20 ning gʻarbiy boʻlmagan qismining hech biri AQSH yoʻl-yoʻrigʻiga ergashmoqchi va Rossiyani yakkalab qoʻymoqchi emas balki, aksincha, ular Gʻarbning butun jahon iqtisodiyotiga qanday katta zarar yetkazayotganini koʻrib turibdi.
Bundan tashqari, gʻarbiy lagerda hammasi unchalik oson emas. Agar anglo-sakson mamlakatlari oʻz shiddatlarida birlashgan boʻlsalar (yaʼni aniqrogʻi, Kanada va Avstraliya AQSH va Buyuk Britaniyaga oʻta itoatkorlik bilan ergashadi), qolganlari bilan esa katta muammolar boʻladi. Yevropa qitʼasining derjavalari (Germaniya, Frantsiya va Italiya) shundoq ham AQShga geosiyosiy tomondan jiddiy qaram boʻlib qolmoqda. Va albatta anglo-sakslarning Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi temir pardani tushirish uchun qilgan urinishlariga har tomonlama qarshilik koʻrsatadi. Ha, amerikaliklarga qaramligi abadiy emasligini anglagan Yaponiya va Janubiy Koreya ham Rossiyadan ajralib qolishni istamaydi. Mamlakatimiz bilan qoʻshnichilikdan farqli oʻlaroq.
Unda nega bularning barchasini yaxshi tushungan AQSH Rossiyani G20dan chiqarib tashlash mavzusini koʻtaryapti? Jangovor ruhni koʻtarish uchun, yaʼni Rossiyani jazolash uchun hech narsadan toʻxtamasliklarini koʻrsatish uchunmi? Yoki mavzuni oʻzgartirish uchunmi? Rossiyaga qarshi haqiqiy sanktsiyalar toʻplami deyarli tugab qolganini anglab, aql bovar qilmaydigan, ammo baland ovozda muhokama qilinadigan G20 dan chiqarib yuborishga eʼtibor qarattirmoqchimi?
Aslida, vaziyat bundanda yomon: ular haqiqatan ham Rossiyani “yakkalab” qoʻyish imkoni borligiga ishonishadi. Va bu Vashingtonning dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarni anglamayotganini tasdiqlaydi. U chindan ham oʻzi taʼsir qila olmaydigan voqealarga taʼsir qilaman deb oʻylaydi.
G20 kelajakdagi koʻp qutbli dunyoning prototipi xolos. U yanada murakkablashadi va mintaqaviy integratsiya birlashmalari (masalan, ASEAN) uchun katta rol oʻynaydi, lekin shunda yigirmalik atlantikachilarning irodasi va taʼsiriga qaram boʻlmaydi. Ular faqat oʻz toʻqima hikoyalaridagina Rossiyani "cheklab qoʻyishlari" mumkin - real dunyoda esa bunga har qanday urinish oxir-oqibat oʻz pozitsiyalariga tegib, taʼsir doirasining kamayishiga olib keladi.
Anglo-sakslarning ham, ularning eng faol sheriklarining ham adekvatligi shubhali. Masalan, Polsha G20da Rossiyaning oʻrnini bosishini taklif qildi - ammo bu xuddi Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyaning oʻrnini egallash taklifi kabi haqiqatga umuman mos kelmaydi.
Anglo-sakslar virtual dunyoda yashashni davom ettirmoqchi ekan, bu ularning muammosi. Bu faqat bizning foydamizga, chunki ularning yangi haqiqat bilan toʻqnashuvi ogʻir boʻladi. Yangi haqiqatki - dunyoda ham, AQShning oʻzida ham oʻrnatilgan boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0