Jamiyat

YPX xodimi tasvirini uning ruxsatisiz tarqatish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki ishlar vazirligi tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda YPX xodimi tasvirini uning ruxsatisiz tarqatish taqiqlanishi mumkin. IIV tegishli nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Hujjat bilan yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 19-bandining oltinchi xatboshisini toʻldirish taklif qilinmoqda.
YPX xodimining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirmaslik.
Qaror loyihasi muhokamasi 29 martga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0