https://oz.sputniknews-uz.com/20220325/davlat-idoralari-bosqichma-bosqich-elektromobildan-foydalanishga-otadi-23560490.html
Davlat idoralari bosqichma-bosqich elektromobildan foydalanishga oʻtadi
Davlat idoralari bosqichma-bosqich elektromobildan foydalanishga oʻtadi
Qaror loyihasida 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar boʻlishi talab etiladi. 25.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-25T15:40+0500
2022-03-25T15:40+0500
2022-03-25T15:40+0500
iqtisod
elektromobil
davlat xaridlari
imtiyoz
yangi qonun
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1444/49/14444975_0:49:1000:612_1920x0_80_0_0_382e2525b3f2735bb20dbfac7170a19b.jpg
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda davlat idoralarining xizmat avtomobillari bosqichma-bosqich elektromobillarga almashtiriladi. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qarori loyihasida aytib oʻtilgan. Shuningdek, ushbu tashkilotlar tomonidan 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar boʻlishi talab etiladi.Elektromobillar xarid qilishni ragʻbatlantirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan boshlab:Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektromobillar, gibrid avtomobillar va elektrobuslarni loyihalashtirish, sinash hamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida dastlabki namuna sifatidagi avtomobillar, butlovchi qism va xom ashyo materiallar, shu jumladan, texnologik uskuna va jihozlarni (20 dona yoki mashina-toʻplamlar) xarid qilishda potentsial xamkor korxonalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga rozilik beriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1444/49/14444975_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_021d0547ab3e133b3e777b062cd4ae37.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
elektromobil, davlat xaridlari, imtiyoz, yangi qonun
Davlat idoralari bosqichma-bosqich elektromobildan foydalanishga oʻtadi
Qaror loyihasida 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar boʻlishi talab etiladi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda davlat idoralarining xizmat avtomobillari bosqichma-bosqich elektromobillarga almashtiriladi. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qarori loyihasida aytib oʻtilgan.
Hujjatga muvofiq vazirliklar, idoralar, byudjet tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar xizmat avtomobillari parkining 2025 yilga qadar kamida 10 foizigacha, 2030 yilga qadar 100 foizi bosqichma-bosqich elektromobillarga almashtiriladi.
Shuningdek, ushbu tashkilotlar tomonidan 2022 yildan boshlab xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar boʻlishi talab etiladi.
Elektromobillar xarid qilishni ragʻbatlantirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan boshlab:
quvvatlantirish stantsiyalari atrofida kamida 2ta elektromobil uchun toʻxtash joyi yer soligʻidan ozod etiladi;
yuridik shaxslarning quvvatlantirish stantsiyalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlari, daromad soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi;
elektromobillarni respublika hududiga olib kirishda ular bojxona bojidan ozod qilinadi va 2027 yil 1 yanvarga qadar utilizatsiya yigʻimi toʻlashdan ozod etiladi;
respublika hududiga olib kiriladigan elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi texnologik asbob-uskunalari bojxona bojidan ozod qilinadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektromobillar, gibrid avtomobillar va elektrobuslarni loyihalashtirish, sinash hamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida dastlabki namuna sifatidagi avtomobillar, butlovchi qism va xom ashyo materiallar, shu jumladan, texnologik uskuna va jihozlarni (20 dona yoki mashina-toʻplamlar) xarid qilishda potentsial xamkor korxonalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga rozilik beriladi.