Jamiyat

Koronavirus qachon ortga chekinadi - JSST

© REUTERS / POOL New Glava VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus
 Glava VOZ Tedros Adxanom Gebreyesus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Insoniyat butun hahon boʻylab yuqori emlanish darajasiga erishmaguncha, koronavirus mutatsiyasi va alohida hududlarda avj olishi toʻxtamaydi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi, degan savolga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus javob berdi. Oʻzbekiston SSV xabariga asosan.
“Umumjahon vaktsinalashning yuqori emlash qamroviga erishmagunimizcha, infektsiyalar koʻpayishi va yangi mutatsiyalar paydo boʻlishi xavfiga duch kelaveramiz", — deydi T. Gebreyesus.
JSST raisi soʻzlariga koʻra, 2022 yilning ikkinchi yarmiga qadar barcha mamlakatlarda emlash darajasini 70 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Ayniqsa, bu jarayonda tibbiyot xodimlari, keksalar va boshqa “xavf guruhi”ga mansub qatlamni qamrab olish ustuvor ahamiyatga ega.
Biroq ayni paytda bu boradagi real vaziyat xavotirli. Negaki, hozirgacha dunyo aholisining bor-yoʻgʻi uchdan bir qismi (33%) COVID-19 infektsiyasiga qarshi toʻliq emlangan, xolos.
Ayni damla emlash qamrovi kam boʻlgan davlatlarda kunlik kasallanish koʻrsatkichlari oshib boryapti, Yevropada esa pandemiyaning yangi toʻlqini avj olmoqda.
Bundan tashqari, yanvar oyidan buyon “yashirin omikron” deya atalayotgan BA.2 mutatsiyasi dunyo boʻylab keng tarqalmoqda. Dastlab Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, soʻng boshqa Yevropa mamlakatlari, ayni paytga kelib esa AQSH va Xitoyda bu variantni yuqtirganlar soni ortib boryapti.
Yangiliklar lentasi
0