Jamiyat

“Milliy dispetcherlik markazi” tashkil etiladi - qaror

© Press-slujba AO "Teplovыe elektricheskiye stantsii"Rabochiy na Sыrdarinskoy TES
Rabochiy na Sыrdarinskoy TES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markazga avariya rejimlari yuzaga kelishini oldini olish, ularni bartaraf etishkabi vazifalar yuklatildi
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Energetika vazirligi huzurida "Milliy dispetcherlik markazi" davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 126-sonli qarori qabul qilindi.
Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad - Oʻzbekiston yagona energetika tizimini rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi saqlanishini, shuningdek, Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlashdan iborat.
Milliy dispetcherlik markaziga "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning milliy, regional va hududiy dispetcherlik funktsiyalari oʻtkaziladi.
Markazining asosiy vazifalari quyidagicha:
yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini taʼminlash;
tizim tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isteʼmol qilinishiga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
tizimning texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini taʼminlash;
tizimning qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilgandan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.
Milliy dispetcherlik markazi uchun 259 nafar shtat birligi ajratildi.
Markazining amaldagi boshqaruv pulti toʻliq ishga tushgandan soʻng asosiy hamda zaxira boshqaruv pultlari uch oy muddat parallel ravishda ishlaydi.
Shu bilan birga, "Issiqlik elektr stantsiyalari" va "Hududiy elektr tarmoqlari" kompaniyalari tizimidagi tashkilotlar ushbu jamiyatlarning hududiy filiallari etib qayta tashkil etiladi.
Maʼlumot oʻrnida, 25 yanvar kuni Markaziy Osiyoda elektr taʼminotida yirik avariya - texnik uzilish sodir boʻlgan edi. Shundan soʻng prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston elektr energetika tizimini 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish vazifasini qoʻygan edi.
Yangiliklar lentasi
0