Dunyoda

NATO yordam soʻrab Xitoyga murojaat qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishSovet Rossiya - NATO v Bryussele
Sovet Rossiya - NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
NATOning Rossiya bilan urushdan qochish uchun Ukrainaga qoʻshin kiritmaslikka qaror qilgan.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg fikriga koʻra, Pekin Rossiyaga taʼsir qilishi va Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan hal qilishi kerak.
Tashkilot, shuningdek, Belarusdan Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishni talab qilmoqda.
NATOning oʻzi boʻlsa, Rossiya bilan urushdan qochish uchun Ukrainaga qoʻshin kiritmasliklarini yana bir bor taʼkidladi. Shu bilan birga NATO Ukrainaga "qoʻlidan kelgan barcha yordamini" berishini eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, kecha 24 mart kuni Bryusselda NATOning Ukrainadagi vaziyatga bagʻishlangan favqulodda majlisi boʻlib oʻtgan edi.
Unda Yens Stoltenberg Ukrainadagi vaziyat tufayli yana bir yil NATO bosh kotibi lavozimida qolishini aytdi va ushbu munosabat bilan u Norvegiya Markaziy banki rahbari lavozimiga kirishmayt turib, isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0