“Navruz Cup 2022” xalqaro o‘rtoqlik turniri boshlandi

© FOTO PixabayJenskiy futbol, arxivnoe foto
Jenskiy futbol, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo va Uganda jamoalari orasida “Navruz Cup 2022” xalqaro o‘rtoqlik futbol turniri musobaqalari boshlandi.
TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Bugun Namanganda “Navruz Cup 2022” xalqaro o‘rtoqlik turniri o‘tkaziladi.
Unda Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Uganda va Tojikiston terma jamoalari o‘ynaydi. O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, ob-xavo bilan bog‘liq vaziyat tufayli xalqaro turnir uchrashuvlari vaqtiga biroz o‘zgartirish kiritilgan.
“Turnir doirasidagi ilk o‘yin soat 15:30 da Uganda va Tojikiston o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bahsni Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. O‘zbekiston — Qirg‘iz Respublikasi uchrashuv esa 19:00 da o‘tkaziladi. Uda bosh hakamlik Nasrullo Kabirovga ishonib topshirildi”, deb xabar bermoqda matbuot xizmati.
Ushbu turnir bevosita yarim final baxslaridan boshlanadi. Uchrashuv g‘oliblari final bosqichda kubok uchun kurash olib boradi.
“29 mart kuni 19:00 da final uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yindan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bunday turnirlarni doimiy o‘tkazib borish rejalashtirilgan”, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq ko‘k rangda maydonga tushadi. Aytilishicha, Namangandagi “Markaziy” stadion 22 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Tomoshabinlar chiptalarni joyiga qarab, 50 000 va 30 000 so‘mdan sotib olishgan. Ular bitta chipta uchun Uganda - Tojikiston hamda O‘zbekiston - Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarni bevosita tomosha qilishlari mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar 8 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning barchasida O‘zbekiston futbolchilari g‘alaba qozongan. Tojikiston bilan esa hozirgacha 9 marotaba o‘yin bo‘lib o‘tgan, ularda turli natijalar qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0