Iqtisod

Oʻzbekiston qashshoqlikka qarshi kurashni kuchaytiradi - CERR

Obid Xakimov direktor TSEIR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston kambagʻallikka qarshi yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar bandligini taʼminlash va norasmiy ishlayotgan fuqarolar ishini qonuniylashtirish yordamida kurashadi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Ayni damda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro investitsiya forumida Oʻzbekistonda qashshoqlikni kamaytirish masalasi muhokama qilindi.
Iqtisodiy izlanishlar markazi (CERR) direktori Obid Xakimovning "Kambagʻallik iqtisodiyoti" mavzusida oʻqib eshittirilgan dokladida Oʻzbekiston qashshoqlikdan qutilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.
Xususan, 2022-2026 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi haqida soʻz yuritildi. Unda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambagʻallikni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilangan.
Rejalashtirilgan ishlar:
2026 yil oxirigacha yangi ish oʻrinlari yaratish va uy xoʻjaliklari daromadlarini oshirish orqali kambagʻallikni kamida yarmiga kamaytirish;
2,5 million norasmiy ishlayotgan fuqarolarning bandligini qonuniylashtirishga koʻmaklashish orqali ularning ijtimoiy kafolatlari va imtiyozlaridan toʻliq foydalanish;
ayollar oʻrtasidagi ishsizlik darajasini ikki baravar kamaytirish.
Ushbu maqsadda viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha oilalar, ayollar va yoshlarni kambagʻallik toifasiga kiritishning yagona elektron tizimini yaratish - qashshoqlikka qaytish xavfining oldini oladi.
Bundan tashqari, kasb-hunarga oʻqitish koʻlamini ikki barobarga oshirish, bir million ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va bu jarayonda nodavlat taʼlim muassasalari ishtirokini 30 % yetkazish koʻzda tutilgan.
Bepul ovqatlanish ham qashshoqlikka qarshi kurashda katta rol oʻynaydi. Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston va Xorazm maktablarida bepul oziq-ovqat tarqatish tizimi allaqachon yaratilgan. Ushbu tajriba natijalaridan kelib chiqib, boshqa hududlarda ham bepul ovqatlanish masalasi koʻrib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0