Iqtisod

Sanktsiyalar Rossiya va Oʻzbekiston uchun yangi imkoniyatlar yaratadi - Reshetnikov

© Portal pravitelstva RossiiMinistr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov
Ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi joriy etilgan cheklovlar Rossiya va uning asosiy hamkorlari, jumladan, Markaziy Osiyo uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Xalqaro Toshkent investitsiya forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Ayni paytda Rossiyaning asosiy vazifalaridan biri eksport va importni qayta yoʻnaltirish, yangi etkazib beruvchilarni izlash, yangi logistika va ishlab chiqarish zanjirlarini qurishdir, dedi Reshetnikov.
Vazirning soʻzlariga koʻra, Rossiya tashqi savdosida uzoq tarixga ega boʻlgan aloqalar, savdo va sarmoyaviy sohalardagi chuqur integratsiyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston alohida oʻrin tutadi. U bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida 60 dan ortiq yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotganini eslatdi.
Biznes qiziqish bildirishda davom etmoqda va u bu loyihalarning barchasi amalga oshirilishiga ishontirdi. Shuningdek, Rossiya korxonalari va banklari texnologiyalarni taqdim etadilar va moliyalashtiradilar.
Reshetnikov YEOII aʼzolari Oʻzbekistonning Ittifoqning qator loyihalarida ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaganini taʼkidladi.
Ulardan biri – temir yoʻl transportida yuk tashishni raqamlashtirishdir. Biz hamkasblarimiz (Sardor Umrzoqov bilan) hamkorlikda ishga tushirgan ye-tijorat va “Aeroekspress” loyihasi - koʻplab cheklovlarni olib tashlash imkonini beradi. Bu uch davlat - Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya uchun yaxshi yoʻlga qoʻyilgan texnologiyaga aylandi.
Shuningdek, Reshetnikov Rossiya, yangi paydo boʻlgan muammolarga qaramasdan, Oʻzbekistonning masʼuliyatli hamkor boʻlib qolishda davom etmoqda.
Vazir aytishiga koʻra, Rossiya sanktsiyalar bosimiga - ochiqlik, biznes bilan ishlashda moslashuvchanlik va xalqaro majburiyatlarni bajarishda masʼuliyat bilan javob beradi.
Shu bilan birga, Reshetnikovning fikricha, ushbu cheklovlar Rossiya va uning asosiy hamkorlari, jumladan, Markaziy Osiyo uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
Maʼlumot uchun, Birinchi Toshkent Xalqaro investitsiya forumi 24 mart kuni boshlandi. Unda 49 mamlakatdan 1,5 mingga yaqin vakillar ishtirok etmoqda. Forum 3 kun davom etadi. Bugungi kunga qadar forum doirasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarga yaqin 36ta hujjat imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0