Jamiyat

Oʻrta malakali texnik kadrlar tayyorlashga eʼtibor kuchaymoqda

© © Foto : press slujba ANO "KIBER STRANA"Shkolniki zanimayutsya po tsifrovomu uchebniku «Kiber Kniga»
Shkolniki zanimayutsya po tsifrovomu uchebniku «Kiber Kniga» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda oʻrta va yuqori malakali texnik mutaxassislarga talab yil sayin oshib borayotgani tufayli ushbu sohada mutaxassis tayyorlashga eʼtibor kuchaymoqda.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Oʻtgan 2021 yilda Oʻzbekistonda ishgan tushgan yangi sanoat korxonalarda 3200dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. U yerga asosan oʻrta va yuqri malakali mutaxassislar talab etiladi.
Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov maʼlum qildi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 2025 yilga kelib qoʻshimcha ishchi kasblarga boʻlgan ehtiyoj 18 ming nafarga yetadi. Shundan, 14 ming nafari oʻrta maʼlumotga ega mutaxassislar hisoblanadi. Shuningdek yuqori bilimli, muhandis-texnologlar, loyihalovchi dasturlash mutaxassislari, avtomatik boshqaruv bilan ishlaydigan zamonaviy IT mutaxassis kadrlarga boʻlgan talab yil sayin oʻsib borishi hozirdan maʼlum.
Ushbu maqsadda Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari uchun, elektrotexnika sohasi boʻyicha maxsus toʻgarak mashgʻulotlari, ularda bu kasbga bolalikdan mehr uygʻotish maqsadida elektrotexnika sohasidagi korxonalarga “sanoat turizmi” tashkil etilmoqda.
Masalan, Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi bilan koʻpgina mamlakatlarda oʻz samarasini bergan "Dual taʼlim" dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha tajribalar oʻrganilmoqda.
Yoki Namanganda joylashgan “Nostandart” korxonasida kasbga oʻqitish markazi tashkil qilingan boʻlib, u yerda tokar, frezirovkachi, konstruktor, chilangar, metall quyuvchi kabi mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanmoqda. Eng muhimi bu yerda stajirovka oʻtagan yoshlar ushbu korxonaning oʻzida ishga joylashtiriladi. Doimiy ish bilan bandligi kafolatlanadi.
Nukus va Xorazm, Fargʻona va Namangan viloyatlarida esa “Ishga marhamat” monomarkazlarida payvandlovchi, elektrik, elektromontyor, operator, elektromexanik, maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatuvchi ustalarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻqishlar tashkil qilinmoqda. Bu markazlarga korxona talabidan kelib chiqib, oʻqish istagini bildirgan yoshlar kasbga oʻqitilmoqda.Shu bilan birga, korxonalar ham oʻz salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish uchun mustaqil kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirmoqda.
Toshkentdagi Chilonzor 1-son kasb-hunar maktabi bilan boshlangʻich kasb mutaxassisliklarini tayyorlashga katta eʼtibor qaratilyapti.Bugungi kunda ushbu kasb-hunar maktabida 10 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha boshlangʻich kadr tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun "Master klass" mashgʻulotlari tashkil qilinmoqda. Urganch davlat universitetida, Jizzax politexnika institutida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot, Buxoro muhandislik-texnologiya institutlarida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar ishtirokida "Mahorat darslari" tashkil qilindi.
Yangiliklar lentasi
0