Iqtisod

Oʻzbekiston biz uchun eng istiqbolli yoʻnalishlardan biri – Boshqirdiston vaziri

Tashkentskiy investitsionnыy forum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boshqirdiston tomoni bir hafta ichida oʻzaro hamkorlikning yoʻl xaritasini tuzib Oʻzbekiston tomoniga taqdim etadi.
TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Uzbekistan – biz uchun eng istiqbolli yoʻnalishlardan biri, dedi Boshqirdistin bosh vaziri oʻrinbosari va iqtisodiy rivojlanish vaziri Rustam Muratov, Sputnik muxbiriga Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Investforum doirasida.
Muratov aytishiga koʻra, respublika delegatsiyasi allaqachon bir talay shartnomalar imzolashga erishishgan. Ular orasida qishloq xoʻjaligi, logistika, kimyo sanoati, innovatsiyalarga doir kelishuvlar bor.
Vazir soʻzlariga koʻra, bir hafta ichida Boshqirdiston tomoni oʻzaro hamkorlikning yoʻl xaritasini tuzib Oʻzbekiston tomoniga taqdim etadi.
Undan tashqari respublika may oyida Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochishni rejalashtirgan.
Undan tashqari Boshqirdiston hukumati yaqinda antikrizis choralarining birinchi paketini ishlab chiqadi va unda Oʻzbekistonga alohida oʻrin ajratiladi. Respublika, mahsulot yetkazib berishda har qanday cheklovlardan xoli boʻlish maqsadida, oʻz refrijerator vagonlari parkini xarid qilish niyatida.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 24 mart kuni Xalqaro Investitsion forum boshlangan edi. Unda ishtirok etish uchun 49 mamlakatdan 1,5 mingdan ortiq vakillar kelishgan. Oʻtagn vaqt davomida forum doirasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar boʻlgan 36ta shartnoma imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0