https://sputniknews-uz.com/20220326/putinning-gaz-manevri-garbni-lol-qoldirdi---spiegel-23575210.html
Putinning gaz manyovri Gʻarbni lol qoldirdi - Spiegel
Putinning gaz manyovri Gʻarbni lol qoldirdi - Spiegel
Putinning gaz toʻlovlarini rublga aylantirish qarori Gʻarb sanktsiyalarini puchga chiqaradi - Germani nashri. 26.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-26T11:30+0500
2022-03-26T11:30+0500
2022-03-26T13:58+0500
analitika
rossiya
yevropa ittifoqi
gaz
toʻlov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/04/23127450_0:136:3161:1914_1920x0_80_0_0_b51db7cb2826589a1ff78d6fbcb0b962.jpg
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nodoʻst mamlakatlar uchun tabiiy gaz uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazish haqidagi qarori Gʻarb energetika bozorlarida asabiylikni keltirib chiqardi, deb yozadi Germaniyaning Spiegel jurnali.Nashr mualliflarining taʼkidlashicha, ushbu manyovr Yevropa energetika kontsernlari kengashlari va YEI mamlakatlari iqtisodiyot vazirliklarida sarosimaga sabab boʻlgan va ularning “peshonalarini tirishtirishiga” majbur qilgan. Iqtisodchi Yens Zyudekum, jurnalga bergan intervyusida taʼkidlaganidek, Rossiya rahbari "Gʻarbni hayratda qoldira oldi".Oʻz navbatida, valyuta eksperti Piter Bofingerning fikricha, Moskva bu kabi harakatlari bilan rublni mustahkamlashga harakat qilmoqda.Spiegel sharhlovchilari bu maqsadlarga erishish mumkin, deb taxmin qilishdi. Shu bilan birga, iqtisodchi Klaus-Yurgen Gern, ehtimol, bu vaziyatda Markaziy bank Rossiya banklari orqali gaz isteʼmolchilariga rubl sotishni boshlashini qoʻshimcha qildi, bu esa valyuta kursini barqarorlashtiradi.Vladimir Putin hukumat aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Moskva doʻst boʻlmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazayotganini aytdi, chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va toʻlovni ularning valyutasida olish mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini taʼkidladi, chunki mamlakat oʻz obroʻsini qadrlaydi.24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Bunga javoban Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi bir qator yangi sanktsiyalar kiritdi. Ular orasida Rossiyaning xorijdagi aktivlarini muzlatish, Rossiya banklariga valyuta operatsiyalar oʻtkazishni taʼqiqlash va boshqalar bor.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/04/23127450_215:0:2946:2048_1920x0_80_0_0_db770515d8d7f439d477452dbcb997e5.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, yevropa ittifoqi, gaz, toʻlov
Putinning gaz manyovri Gʻarbni lol qoldirdi - Spiegel
11:30 26.03.2022 (yangilandi: 13:58 26.03.2022) Putinning gaz toʻlovlarini rublga aylantirish qarori Gʻarb sanktsiyalarini puchga chiqaradi - Germani nashri.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nodoʻst mamlakatlar uchun tabiiy gaz uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazish haqidagi qarori Gʻarb energetika bozorlarida asabiylikni keltirib chiqardi, deb yozadi Germaniyaning Spiegel jurnali.
Nashr mualliflarining taʼkidlashicha, ushbu manyovr Yevropa energetika kontsernlari kengashlari va YEI mamlakatlari iqtisodiyot vazirliklarida sarosimaga sabab boʻlgan va ularning “peshonalarini tirishtirishiga” majbur qilgan. Iqtisodchi Yens Zyudekum, jurnalga bergan intervyusida taʼkidlaganidek, Rossiya rahbari "Gʻarbni hayratda qoldira oldi".
"Shunday qilib, Putin bizni oʻz sanktsiyalarimizni oʻzimiz chetlab oʻtishimizga majbur qilmoqda", - deb tushuntirdi Zudekum.
Oʻz navbatida, valyuta eksperti Piter Bofingerning fikricha, Moskva bu kabi harakatlari bilan rublni mustahkamlashga harakat qilmoqda.
“Agar Gʻarb mijozlari rublni dollar va yevroga sotib olishga majbur boʻlsa, u holda Rossiya valyutasiga talab oshadi va shunga mos ravishda uning kursi ham oshadi”, — dedi Bofinger.
Spiegel sharhlovchilari bu maqsadlarga erishish mumkin, deb taxmin qilishdi. Shu bilan birga, iqtisodchi Klaus-Yurgen Gern, ehtimol, bu vaziyatda Markaziy bank Rossiya banklari orqali gaz isteʼmolchilariga rubl sotishni boshlashini qoʻshimcha qildi, bu esa valyuta kursini barqarorlashtiradi.
"Ammo bu bilan Putin Gʻarbni oʻta ogʻir ahvolga solib qoʻyadi, chunki Gʻarb sanktsiyalari bemaʼni bщlib qoladi", - deya xulosa qildi Gern.
Vladimir Putin hukumat aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Moskva doʻst boʻlmagan davlatlarga gaz yetkazib berish uchun toʻlovlarni rublga oʻtkazayotganini aytdi, chunki Rossiya tovarlarini Yevropa Ittifoqi va AQShga yetkazib berish va toʻlovni ularning valyutasida olish mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Shu bilan birga, davlat rahbari Rossiya gazni shartnomalarda belgilangan hajmda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini taʼkidladi, chunki mamlakat oʻz obroʻsini qadrlaydi.
24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Bunga javoban Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi bir qator yangi sanktsiyalar kiritdi. Ular orasida Rossiyaning xorijdagi aktivlarini muzlatish, Rossiya banklariga valyuta operatsiyalar oʻtkazishni taʼqiqlash va boshqalar bor.