Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal Maksima Reshetnikova
Shavkat Mirziyoyev prinyal Maksima Reshetnikova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2021 yil yakunlariga koʻra Rossiya va Oʻzbekiston orasida savdo-sotiq hajmi 7,5 milliard dollardan oshib ketgan.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi.
Uchrashuvda Shuningdek Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov ham ishtirok etdi.
Maksim Reshetnikov Shavkat Mirziyoyevga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabrikladi.
Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish boʻyicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va oʻzaro savdo koʻrsatkichlarining ijobiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 %dan ziyodga oshdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish, iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 24 mart kuni Xalqaro investitsion forum boshlangan edi. Forumga 49 mamlakatdan 1,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishmoqda. Forumning 2 kuni yakunida imzolangan shartnomalar 2,5 mlrd. dollardan oshib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0