Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina operatsiyasining bir oyi natijalari sarhisob qilindi

© Konstantin MikhalchevskiyVoyennыy avtomobil v kolonne voyennoy texniki RF na shosse vozle granitsы s Ukrainoy v Armyanske
Voyennыy avtomobil v kolonne voyennoy texniki RF na shosse vozle granitsы s Ukrainoy v Armyanske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaydi.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada 24 fevaral kuni boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning bir oylik natijalarini eʼlonq qildi.
© RIA Novosti/AvroraKarta Minoboronы RF
Karta Minoboronы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Karta Minoboronы RF
Operatsiya birinchi bosqichning asosiy vazifalari bajarildi - Ukraina qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaydi. Bu esa asosiy maqsad - Donbassni ozod qilishga yoʻnaltirish imkonini beradi, - dedi MV maxsus vakili Sergey Konashenkov.
Harbiy operatsiya bir oyligi sarhisobi:
LXR hududning 93 % , DXR hududining 54 % - ozod qildi. Ukraina qoʻshinlari 8 yil davomida monolit beton konstruktsiyalardan tayyorlangan mustahkam mudofaa isthkomlaridan quvib chiqarildi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari va havo mudofaa tizimi deyarli yoʻq qilindi, Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Ukraina armiyasining 70%gacha zaxiralari yoʻq qilindi.
Ukraina armiyasida xizmat qilgan 2416ta tank va boshqa jangovar zirhli texnikadan 1587 tasi, 1509 ta qurol va minomyotdan 636 tasi va 535 ta MLRSdan 163 tasi; 152 samolyotdan - 112 tasi, 149 ta vertolyotdan - 75 tasi, 36 ta "Bayraktar TB2" dan - 35 tasi, 180 ta S-300 va Buk M1 - 148 tasi yoʻq qilindi.
Bir oy ichida Ukraina qoʻshinlarining yoʻqotishlari qariyb 30 ming kishini tashkil etdi, shu jumladan 14 mingdan ortigʻi - qaytarib boʻlmaydigan.
Ukrainaga 62 davlatdan 6595 nafar xorijiy yollanma askar va terrorchilar kelgan edi, lekin soʻnggi kunlarda ularning mamlakatdan chiqib ketish kuzatilmoqda.
Rossiya qoʻshinlari Kiyev, Xarkov, Chernigov, Sumi va Nikolayevni qurshab olishdi. Xerson va Zaporoje viloyatining koʻp qismi ham Rossiya nazorati ostida. Shu tariqa Ukraina kuchlari harakati cheklandi. Shaharlarga hujum qilish rejalashtirilmagan.
Harbiy operatsiyada 1351 nafar Rossiya askarlari halok boʻldi, 3825 nafari yaralandi.
Gʻarb kuchlari Ukraina havo hududini yopishga urinsa - Rossiya bunga darhol tegishli javob qaytaradi.
Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari koʻmagida DXR va LXR qoʻshinlari Donetsk va Lugansk viloyatlarini Ukraina armiyasi va millatchi guruhlaridan ozod qilmoqda. Ukrainani bosib olish haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Yangiliklar lentasi
0