Jamiyat

Qimmatbaho metallar qazib olishning yangi tartibi belgilandi - Nizom

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishZoloto
Zoloto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xususiy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallar qazib olish boʻyicha yangi Nizom qabul qilindi.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Qimmatbaho metallarni xususiy shaxslar tomonidan qazib olishning yangi tartibi belgilandi. Bu haqida 25 mart kuni qabul qilingan 133-sonli Hukumat qarorida aytib oʻtilgan.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangi Nizomda quyidagiar belgilangan:
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha beriladi.
Bunda yer qaʼri uchastkasi ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan, oʻlchami 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlari boʻladi.
️Yer qaʼri uchastkalari “YE-auksion” portaliga qoʻyiladi va uning bir gektari boshlangʻich narxi BHMning 35 baravari (9 mln 450 ming soʻm) etib belgilanadi.
Ruxsatnomalar “YE-auksion”dagi auktsion yakunlari boʻyicha faqat Oʻzbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi.
Ruxsatnoma olganlar qazish ishlarini boshlashdan avval yozma ravishda hokimiyatni, Ekologiya, Sanoat xavfsizligi qoʻmitalari, Kon-geologiya inspektsiyasini xabardor qilishi kerak.
Qazib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga sotiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda ruxsatsiz oltin qazib olish holatlari koʻp uchramoqda. Eng achinarlisi fuqarolar qoʻlbola shaxtalarda tuproq ostida qolib vafot etish holatlari ham.
Yangiliklar lentasi
0