Analitika

Yadro urushi ehtimoli har doim bor - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Medvedev yadroviy mojaroning doimiy tahdidini eʼlon qildi
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Hech kim urush boʻlishini xohlamaydi, biroq yadroviy mojaro xavfi doimo mavjud, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Hech kim hech qanday urushni xohlamaydi, ayniqsa yadro urushi umuman insoniyat tsivilizatsiyasi uchun tahdiddir. Shu maʼnoda, tahlilchilar, ehtimol, biroz beadablik bilan aytgan, fikri - yadro qurolining yaratilishi 20 va 21 asrlarda bir necha urushlarning oldini oldi degan gapi toʻgʻri. Aslida bu haqiqat", - dedi Medvedev.
“Sobiq Oliy qoʻmondon sifatida men yadroviy urush oqibatlarini yaxshi tushunaman. Hamma biladiki, NATO mamlakatlari yadro qurollari mamlakatimiz hududidagi obʼyektlarni nishonga olgan. Bizning ham jangovar kallaklarimiz Yevropa va AQShdagi nishonlarga qaratilgan. Lekin bu hayot. Shuning uchun hamisha bu haqda oʻylab, masʼuliyatli siyosat olib borish kerak ", - dedi Medvedev.
Shu oʻrinda Medvedev 1962 yildagi sodir boʻlgan Karib inqirozini esladi. Oʻshanda bu barchaga "qaynoq kallalarga" - Amerika Qoʻshma Shtatlari, NATO, Sovet Ittifoqi, Varshava Shartnomasi rahbariyatiga dahshatli taʼsir koʻrsatdi" - deydi Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari.

"Oʻshanda haqiqatan ham sovuq urush boʻlgan edi, bugun esa vaziyat, mening fikrimcha, oʻsha paytdagidan ham yomonroq, chunki oʻsha paytda bizning raqiblarimiz Sovet Ittifoqidagi vaziyatni bunday gʻazab bilan iskanjaga olishga harakat qilmagan", - dedi Medvedev.

Xususan, Xavfsizlik Kengashi raisi oʻrinbosarining tushuntirishicha, sanoat va qishloq xoʻjaligiga nisbatan hech qanday sanktsiyalar, xususan, shaxsiy cheklash choralari qoʻllanilmagan.
"Brejnev, Podgorniy va Kosiginga qarshi sanktsiya qoʻllash hech kimning xayoliga ham kelmagan. Ular, albatta, hozirgidek, bu befoyda ekanini tushunishgan, lekin keyin hech boʻlmaganda bunday qilmaslikka aqllari yetgan.
Hozir esa - hamma noqulay ahvolda. Lekin har qanday noxush oqibatlarning, jumladan, aytaylik, Rossiya va NATO oʻrtasidagi mojaro kabi dahshatli oqibatlarning oldini olish uchun muloqot qilish kerak, deya xulosa qildi sobiq prezident.
Eslatb oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari koʻmagida DXR va LXR guruhlari hujumni rivojlantirmoqda. Ammo Ukrainaning bosib olinishi haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Putin.
Gʻarb davlatlari bunga javoban Rossiyaga qarshi bir qator yangi sanktsiyalar qoʻllashdi va Yevropada Rossiya energiya manbalariga qaramlikni kamaytirish zarurligi haqidagi bayonotlar balandroq yangray boshladi.
Yangiliklar lentasi
0