Jamiyat

Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari hududlari kengaytirilishi mumkin

Kokand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fargʻona viloyatining 6 ta tumani yerlari evaziga Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari hududi chegaralarini kengaytirish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Fargʻona viloyatidagi 6 ta tuman va 3 shahar chegarasi oʻzgartirilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Hujjatga koʻra, Fargʻona viloyatining bir qator tumanlari yerlari evaziga Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini kengaytirish rejalashtilmoqda.
Xususan:
Fargʻona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xoʻjaligi) yer maydonini Margʻilon shahri;
Qoʻshtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xoʻjaligi) yer maydonini Margʻilon shahri;
Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydonini Margʻilon shahri;
Dangʻara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xoʻjaligi) yer maydonini Qoʻqon shahri;
Oʻzbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydonini Qoʻqon shahri;
Uchkoʻprik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydonini Qoʻqon shahri;
Fargʻona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xoʻjaligi) yer maydonini Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazish taklif qilinmoqda.
Margʻilon, Qoʻqon va Fargʻona shaharlari tarkibiga qoʻshimcha ravishda kiritilayotgan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga qarashli yerlar ularning ixtiyorida qoladi.
Qaror loyihasi muhokamalari 9 aprelga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0