“UzAirways” Toshkent-Nukus-Moʻynoq aviaqatnovini amalga oshirdi – foto
“UzAirways” Toshkent-Nukus-Moʻynoq aviaqatnovini amalga oshirdi – foto
26 mart kuni “Uzbekistan Airways” Toshkent-Nukus-Moʻynoq aviaqatnovini amalga oshirdi. Airbus A320 havo kemasini Moʻynoq aeroportida Qoraqalpogʻiston rahbarlari, shahar maʼmuriyati vakillari va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. 26 mart kuni “Uzbekistan Airways” Toshkent-Nukus-Moʻynoq aviaqatnovini amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.Airbus A320 havo kemasini Moʻynoq aeroportida Qoraqalpogʻiston rahbarlari, shahar maʼmuriyati vakillari va boshqa rasmiylar kutib olishdi.Bu “havo porti” 1947 yilda qurilgan boʻlib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. Keyinchalik umuman ishlamay ham qolgan edi. Oʻzbekiston hukumati qaroriga asosan Moʻynoq aeroportini rekonstruktsiya qilish 2019 yilda boshlangan edi. Bugunga kelib aeroportda 50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi va maydonchalar taʼmirlangan. Majmua atrofi koʻkalamzorlashtirilgan.Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoqqa tashrifi davomida Toshkent - Moʻynoq - Nukus aviaqatnovi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilgan edi.
Airbus A320 havo kemasi Moʻynoq aeroportiga kelib qoʻndi.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. 26 mart kuni “Uzbekistan Airways” Toshkent-Nukus-Moʻynoq aviaqatnovini amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Airbus A320 havo kemasini Moʻynoq aeroportida Qoraqalpogʻiston rahbarlari, shahar maʼmuriyati vakillari va boshqa rasmiylar kutib olishdi.
Bu “havo porti” 1947 yilda qurilgan boʻlib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. Keyinchalik umuman ishlamay ham qolgan edi. Oʻzbekiston hukumati qaroriga asosan Moʻynoq aeroportini rekonstruktsiya qilish 2019 yilda boshlangan edi. Bugunga kelib aeroportda 50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi va maydonchalar taʼmirlangan. Majmua atrofi koʻkalamzorlashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Moʻynoqqa tashrifi davomida Toshkent - Moʻynoq - Nukus aviaqatnovi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilgan edi.