G‘arb bilan kriptovalyutada oldi-berdi qilish mumkinmi?

© Sputnik / Vladimir AstapkovichBitkoin
Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Dmitriy Yermakov, Darya Zelenskaya. Kriptovalyuta operatsiyalari dollar tizimiga bog‘liq emas va banklar blokcheyn texnologiyasini kuzatib bora olmaydi. Eron bitkoinni qonuniylashtirish tufayli import tovarlarini muvaffaqiyatli sotib olib, qirq yildan buyon sanksiyalar ostida yashab kelmoqda. Kriptovalyuta ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston turadi. Biroq, Rossiyada bu soha tartibga solinmaganva raqamli rubl hamon sinov bosqichida. RIA Novosti mazkur pul shaklining istiqbollarini tahlil qilib ko‘rdi.

Dollar bilan aloqasiz

G‘arb tahlilchilarining fikricha, tekshiruv va blokirovkalardan qochish uchun rus tashkilotlari raqamli aktivlardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari - masalan, The New York Times - ham raqamli rublni kriptovalyuta deb atamoqda. Vashingtonda joylashgan Ferrari & Associates firmasi advokati Maykl Parkerning aytishicha: “Rossiya bu ssenariyni oldindan ko‘ra olmagan deb o‘ylab bo‘lmaydi”.
Cheklovlar samarali bo‘lishi uchun davlat tomonidan nazorat qilinadigan moliyaviy tizim zarur. Bu yerda kredit tashkilotlari eng muhim rol o‘ynaydi: ular mablag‘lar qayerdan kelishi va qayerga ketishini ko‘rib turadi. Jinoiy daromadlarga qarshi qonunlar banklardan sanksiyaga tushgan tashkilotlar bilan tranzaksiyalarni bloklash va bunga urinishlar to‘g‘risida hukumatga xabar berishni talab qiladi.
Ammo kriptovalyutalar, agar moliyaviy tuzilmalarni chetlab o‘tmasa, ular bilan parallel ravishda ishlaydi. Rossiya hozir dollar tizimi bilan aloqa qilmasdan savdo qilish yo‘llarini topishi kerak. Kriptovalyutada savdolashish bunday imkoniyatni beradi. Garchi tranzaksiyalar blokcheynda qayd etilsada, (bu ularni shaffof qiladi), raqamli texnologiyalar zanjirning bir qismini yashirishi mumkin. Bu G‘arbdagi yuridik shaxslariga rossiyalik yuridik shaxslar bilan yashirin savdo qilish imkonini beradi.
Ayrim davlatlar allaqachon bu usulni o‘zlashtirgan. Eron va Shimoliy Koreya G‘arb sanksiyalari ta’sirini yumshatish uchun raqamli valyutalardan foydalangan. AQSh va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari ham buni tasdiqlagan. Bundan tashqari, The New York Times᾽ning BMT hisobotiga tayangan holda ta’kidlashicha, Pxenyan yadroviy dasturni moliyalashtirish maqsadida kriptovalyutani o‘g‘irlash uchun xakerlik dasturlarini qo‘llagan.
Bularning barchasi AQShning o‘zida kriptosavdoning qonuniylashtirilishi tufayli mumkin bo‘ldi. 2015-yildan bitkoin biznesi uchun litsenziyalar berish boshlandi. Shundan beri dunyoda raqamli valyutalar soni keskin oshdi. Crypto.com hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘rtalarida sayyora bo‘ylab 220 million kishi kriptovalyutalarni sotib olish yoki sotish bilan shug‘ullangan.

Bitkoinlarda ish haqi

2021-yilda kripto-moliya va blokcheyn tahliliga ixtisoslashgan Elliptic konsalting firmasining xabar berishicha, Eron neft sotish bo‘yicha sanksiyalar cheklovlarini o‘rnini bosish uchun bitkoin mayningidan foydalanmoqda.
2018-yilda mamlakatda kapitalning sizib chiqishidan qo‘rqib, kriptovalyuta taqiqlandi, biroq tez orada qonuniylashtirildi. Prezident huzuridagi tahliliy markaz hisoblab chiqdiki, mayningdan yiliga 700 million daromad olib kelishi va ish o‘rinlari yaratish mumkin.
Eronlik kriptomaynerlarga davlat litsenziyasi va elektr energiyasiga chegirma beriladi. Lekin ular barcha kriptovalyutani davlatga topshirishi kerak bo‘ladi. Shu bilan, rasmiy ish haqiham bitkoinlarda olinadi. Litsenziyasiz ishlaganlik uchun jarimaga to‘lanadi. Noqonuniy fermalarni, hatto masjidlarda ham ochishga muvaffaq bo‘lishdi.
Biroq, elektr tarmog‘ining haddan tashqari ko‘p ishlashi tufayli Eronda mayning vaqti-vaqti bilan taqiqlanadi, shuning uchun kriptovalyutadan keladigan daromad beqaror. Elliptic hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yil boshida jahondagi bitkoin mayningining qariyb 4,5 foizi Eron ulushiga to‘g‘ri kelgan. Bu o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha milliard dollarga yaqin bo‘lgan.
Raqamli real ham davlat darajasida ishlab chiqilmoqda. 2019-yilda mamlakatning o‘sha paytdagi prezidenti Hasan Ruhoniy musulmon davlatlariga “dollar hukmronligidan qutulish” uchun yagona elektron valyuta yaratishni taklif qilgan edi. Ammo ish so‘zdan nariga o‘tmadi.
Exchange Iran kriptovalyuta birjasi bosh direktori Ehson G‘ozizoda Cointelegraph maxsus nashri bilan bo‘lgan suhbatda raqamli rialni sinovdan o‘tkazish bir yil ichida yakunlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Barcha Eron banklari ham kriptovalyutani xalqaro savdo uchun yaxshi vosita deb hisoblamaydi. Ammo, G‘ozizodaning so‘zlariga ko‘ra, markazlashtirilgan raqamli rial bunda yechim bo‘lishi mumkin.
Ushbu pul shakli moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirganligi sababli, ko‘plab mamlakatlarning markaziy banklari bu sohada ishlab chiqishlar bilan shug‘ullanmoqda. Atlantika Kengashining raqamli valyuta kuzatuvchisi ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli 90 mamlakatda bu borada tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu global iqtisodiyotning (shu jumladan AQSh ham bor) 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi.
To‘qqizta mamlakat, asosan Lotin Amerikasi davlatlari, allaqachon raqamli valyutalarini ishga tushirgan. To‘g‘ri, hammasi ham yaxshi hayot tufayli emas. Masalan, Salvadorda uch millionta odam bitkoindan foydalanadi, lekin aholining aksariyatida bank hisob raqamlari yo‘q. Xitoyda raqamli yuanni sinovdan o‘tkazish tugadi. Yaqin kunlarda u ishga tushirilishi mumkin.

Qozog‘iston hukumati “tilla tovuqni o‘ldirmoqda”

Rossiya- Qozog‘iston bilan chegaradosh. Mamlakat o‘tgan yili kriptovalyuta “qazib olish” bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bunga ikkita sababga ko‘ra erishildi: xitoylik maynerlarning mamlakat bozoriga kirishi va elektr energiyasining past narxlari tufayli. Misol uchun, Nur-Sultonda soatiga bir kilovatt energiya bor-yo‘g‘i 0,92 rublni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun: Moskvada eng arzon tungi tarif - 2,69 rubl.
Blokcheyn va data-markaz sanoati milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qonuniy bozor ishtirokchilari har yili Qozog‘iston iqtisodiyotiga 227 million dollar daromad keltirmoqda. “Kulrang” maynerlardanham xuddi shu miqdorda daromad kelishi kerak. “Agar rasmiy iste’mol 800 megavatt elektr energiyasini tashkil etsa, “kulrang” mayningga 1,3 gigavatt to‘g‘ri keladi”, deydi assotsiatsiya vitse-prezidenti Sergey Putra.
Qozog‘istonning butun elektr tizimi zo‘rg‘a ishlaydi. Tarmoqlarning 60% dan ortig‘i butunlay eskirgan, stansiyalarning o‘rtacha yoshi o‘ttiz yildan oshgan. Ularning haddan tashqari katta yuk bilan ishlashi bilvosita yanvardagi avariyaga sabab bo‘ldi – nafaqat Qozog‘iston, balki Qirg‘iziston va O‘zbekiston ham bir necha soat elektr energiyasiz qoldi. Shundan so‘ng, ba’zi kriptofermalar egalari o‘z biznesini boshqa mamlakatga ko‘chirishga qaror qildi.
Biroq, shundoq ham maynerlarga Qozog‘istonda ma’lumotlar markazlarini saqlash allaqachon foydasiz bo‘lgan. 2022-yilda hukumat bitkoin qazib olish solig‘ini o‘n baravarga oshirib, har bir kilovatt uchun 1,77 rublgacha chiqdi. “Biz dunyoda ikkinchi o‘rinda ekanimiz ma’lum bo‘ldi ammo amalda moliyaviy daromad ko‘rmayapmiz”, dedi mamlakat rahbari Qosim-Jomart Toqayev.
Shu bilan birga, Putraning ta’kidlashicha, o‘zboshimchalik bilan soliqqa tortish sanoat turg‘unligiga olib kelishi mumkin: “Bunday sharoitda rivojlanish tavakkallichik. Biz o‘z pozitsiyamizni hukumatga bildirishga harakat qilyapmiz, lekin bizni eshitishmayapti. Faqat bitta vaj keltirilmoqda, ya’ni budjet uchun ko‘proq pul kerak.Umuman olganda, bu tilla tuxum qo‘yadigan tovuqni o‘ldirishga o‘xshaydi”. Uning fikricha, rasmiylar data-markazlar egalari bilan muloqotga kirishishi va bir tomonlama qarorlar qabul qilmasligi kerak.
Fevral oyida Qozog‘iston hukumati noqonuniy maynerlarga qarshi kurash boshladi. Butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi iste’moli 202 megavattdan ortiq bo‘lgan manzillarda ommaviy tekshiruvlar boshlandi. 50 dan ortiq ferma o‘z ixtiyori bilan faoliyatini to‘xtatib, jihozlarini boshqa mamlakatlarga olib ketdi. Bunday ovda oddiy fuqarolar ham qatnashishi mumkin. Blokcheyn va data-markazi sanoati milliy assotsiatsiyasi bunday fermalar joylashuvi haqidagi ma’lumot uchun 4000 dan 30 000 rublgacha bo‘lgan mukofot taklif qilmoqda.
“Tartib kerak. Agar hamma yagona qoida bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa, sanoat oldindan aytib bo‘ladigan va bashorat qilinadigan bo‘lib qoladi. Va, albatta, aholi va davlat idoralari o‘rtasida ma’lum miqdorda salbiy kayfiyat yo‘qoladi ", deb tushuntiradi Putra.
Qozog‘iston arzon elektr energiyasi bo‘yicha AQSh, Kanada va Skandinaviya mamlakatlarining ayrim mintaqalaridan past. Biroq agar hukumatning maynerlar ustidan nazoratni kuchaytirish siyosati o‘zgarmasa, ular biznes uchun boshqa davlatlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Markaziy bank qarshi

Rossiyada kriptovalyutalarning huquqiy maqomi to‘liq o‘rnatilmagan. O‘tgan yili “Rossiyada raqamli moliyaviy aktivlar va raqamli valyuta to‘g‘risida” gi 259-FZ Federal qonuni kuchga kirdi. Shunday qilib, kriptovalyuta noqonuniy hisoblanmaydi. Biroq, hujjatda ko‘plab nyuanslar ta’riflanmagan. Davlat Dumasining moliya bozori qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov 2021-yilda rossiyaliklar bunday aktivlarga besh trillion rublga yaqin sarmoya kiritganini aytdi. Bundan tashqari, uning fikricha, ko‘plab foydalanuvchilar moliyaviy malakaga ega emas.
2022 yil boshida Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina kriptosavdo maqsadida Rossiya infratuzilmasidan foydalanishga qarshi chiqdi va raqamli aktivlarni mayningini jinoiy javobgarlikka tortishni tavsiya qildi. Moliya vazirligi qarshi taklif bilan javob berdi: kriptovalyuta bilan operatsiyalarni butunlay qonuniy qilish va sanoat qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritishda savdo sxemalarini tuzatish.
Biroq, Rossiyada qanday qarorga kelinmasin, kriptovalyuta moliyaviy vosita sifatida, prinsipial jihatdan, xavf ostida. Hatto, masalan,foydalanuvchi hamonga kirish uchun tiklab bo‘lmaydigan kodni yo‘qotishi yoki unutishida ham.
“Umumiy kamchilikni hisobga olish kerak: kurs juda keskin o‘zgaradi, chunki bu faqat foydalanuvchilarning ishonchiga bog‘liq. Fiat pul kurslari ularni tuzatishi mumkin bo‘lgan markaziy banklar tomonidan belgilanadi. Bu valyuta kurslaridagi farqlar bo‘yicha katta moliyaviy yo‘qotishlar xavfi borligini anglatadi”, - deya ta’kidlaydi iqtisodchi Leonid Xazanov.
Shuningdek, iqtisodchi mavjud to‘lov terminallarining kriptovalyutalar bilan ishlamasligini eslatib o‘tdi. Bundan esa texnik nosozliklarkelib chiqadi. To‘lovjarayonlari juda uzoq davom etishi mumkin. Sanksiyalar sharoitida esa kunlar emas, balki soatlar ham oltinga teng. Kriptovalyutani naqd pulga almashtirish ham oson emas: poytaxtda ayirboshlash punktlari juda kam. Viloyatlarda esa yanada kam.
Yangiliklar lentasi
0