“Inson huquqlari uyi” tashkil etildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovStatuya bogini pravosudiya
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna bo‘lish
Ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Prezident “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash to‘g‘risida”gi 180-sonli qarorni imzoladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazida Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi – “Inson huquqlari uyi” tashkil etildi.
Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash;
inson huquqlarini ta’minlashga oid islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Ma’lumot uchun, Milliy markaz inson huquqlari sohasida O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi.
Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari bo‘yicha ko‘maklashadi.
Yangiliklar lentasi
0