https://oz.sputniknews-uz.com/20220328/prezident-har-bir-viloyat-hokimi-tibbiyot-masalalari-bilan-shaxsan-shugullanishi-shart-23618977.html
Prezident: har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart
Prezident: har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart
Prezident Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda boʻsh oʻrinlar ancha yuqori boʻlsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani... 28.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-28T19:15+0500
2022-03-28T19:15+0500
2022-03-28T19:15+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/06/23171074_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ed8ab0802edc6b3aa4d103d8dcc19a25.jpg
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart va ulardan soʻrov qattiq boʻladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Yigʻilishda tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish koʻrib chiqildi.Taʼkidlanishicha, 56 ta tumandagi 243 ta olis va chekka mahallada 562 ta oilaviy shifokor lavozimi vakant boʻlib turibdi.Prezident Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda boʻsh oʻrinlar ancha yuqori boʻlsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qildi. Toshkent viloyatida ham yil yakuniga qadar 70 ta olis va chekka mahallada tibbiyot punktini tashkil etishi lozim boʻlsa-da, bu borada aprel oyi rejasida birorta amaliy vazifa yoʻq.Davlat rahbari bu borada qator vazifalarni belgilab berdi.Eng avvalo, aprel oyida:- 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan oʻtkaziladi;- har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi;- 26 ta oilaviy shifokorlik punkti toʻliq taʼmirlandi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan taʼminlanadi.Umuman, yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi taʼminlanadi.Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 ming 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/06/23171074_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_78da1bf3f975ffde19532ead5f85a2d9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev
Prezident: har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart
Prezident Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda boʻsh oʻrinlar ancha yuqori boʻlsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qildi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart va ulardan soʻrov qattiq boʻladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishida
maʼlum qilindi. Yigʻilishda tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosini aprel oyida tashkil etish koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, 56 ta tumandagi 243 ta olis va chekka mahallada 562 ta oilaviy shifokor lavozimi vakant boʻlib turibdi.
Prezident Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda boʻsh oʻrinlar ancha yuqori boʻlsa-da, aprel oyida ushbu vakant lavozimlarga mutaxassis jalb etish umuman reja qilinmagani keskin tanqid qildi. Toshkent viloyatida ham yil yakuniga qadar 70 ta olis va chekka mahallada tibbiyot punktini tashkil etishi lozim boʻlsa-da, bu borada aprel oyi rejasida birorta amaliy vazifa yoʻq.
“Har bir viloyat hokimi tibbiyot masalalari bilan shaxsan shugʻullanishi shart va ulardan soʻrov qattiq boʻladi. Endi, har oy boshida qilingan ishlar va yangi oy rejalarini oʻzim eshitib boraman. Ochiq muloqotdan keyingi oʻzgarishlarni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki har bir xonadon sezishi shart”, - dedi prezident.
Davlat rahbari bu borada qator vazifalarni belgilab berdi.
- 1 million nafar xavf guruhiga kiruvchilar, 700 ming nafar bolalar va 100 ming nafar homilador ayollar maqsadli skriningdan oʻtkaziladi;
- har bir oilaviy poliklinikada kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali tuman va shahar shifoxonalariga yotadigan bemorlarning navbati kamida 20 foizga qisqartiriladi;
- 26 ta oilaviy shifokorlik punkti toʻliq taʼmirlandi, zarur shtatlar, asbob-uskuna va dorilar bilan taʼminlanadi.
Umuman, yil yakuniga qadar jami 400 ta mahalla uchun bunday punktlar ochilishi taʼminlanadi.
Shuningdek, aprel oyida olis hududlarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda 1 ming 700 ta mahalla tibbiyot punktini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.