Jamiyat

Rossiya kompaniyalari UzFood xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etadi

© Sputnik / Vladimir TrefilovGrechnevaya krupa
Grechnevaya krupa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistondagi koʻrgazmada jami 55 mamlakatdan 140 dan ortiq kompaniya oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. 29-31 mart kunlari “Oʻzekspomarkaz”da “Oziq-ovqat, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2022” Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Uskunalardan tashqari tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga turli xil tayyor mahsulotlar taqdim etiladi. Qoʻshimchalar va ingrediyentlar, sut mahsulotlari, quruq sut, sariyogʻ, makaron, baliq mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, sharbatlar, nektarlar, mevali ichimliklar, goʻsht mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, zaytun, zaytun moyi, don mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, choy va qahva shular jumlasidan
Rossiya kompaniyalari Moskva, Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari va Oltoy oʻlkasining jamoaviy stendlarini ham taqdim etishadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va uskunalari, ichimliklar va qadoqlash yechimlari namoyish etiladi.
Koʻrgazmada jami 55 mamlakatdan 140 dan ortiq kompaniya oʻz mahsulotlarini namoyish etadi.
Yangiliklar lentasi
0