https://sputniknews-uz.com/20220328/toshkent-investitsiya-forumi-yakunlari-necha-mlrd-dollarlik-shartnoma-va-bitimlar-imzolandi-23598860.html
Toshkent investitsiya forumi yakunlari: necha mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandi
Toshkent investitsiya forumi yakunlari: necha mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandi
Oʻzbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini yakunladi. Forumda 2 mingdan ortiq ishtirokchilar – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan.
2022-03-28T10:37+0500
2022-03-28T10:37+0500
2022-03-28T10:37+0500
iqtisod
toshkent xalqaro investitsiya forumi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1c/23598627_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_00cbbccdb23004e9698a5580cd9dd670.jpg
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini yakunladi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.Forumda 2 mingdan ortiq ishtirokchilar – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan.Taʼkidlanishicha, bu forum Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yoʻnalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda.Eslatib oʻtamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish boʻyicha keyingi choralar belgilab olingan.Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.Mavzuga oid:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1c/23598627_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_2c42036b22b1aec49bf512dbe8c714c2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent xalqaro investitsiya forumi
Toshkent investitsiya forumi yakunlari: necha mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandi
Forum yakunlari boʻyicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini yakunladi, deb
xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forumda 2 mingdan ortiq ishtirokchilar – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar ishtirok etgan.
"Forum yakunlari boʻyicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi", - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, bu forum Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yoʻnalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvi
boʻlib oʻtgan edi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya tovar aylanmasini oshirish boʻyicha keyingi choralar belgilab olingan.
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid: