Iqtisod

“Doyaxotin” konida yangi gaz qudugʻi ishga tushdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishGazovoye mestorojdeniye v Uzbekistane
Gazovoye mestorojdeniye v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 104-sonli quduqda burgʻilash ishlarini tugatdi.
TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. “Doyaxotin” konida kuniga 238 ming kub metr tabiiy gaz va 3 tonna gaz kondensati olinadigan yangi quduq ochildi, deb xabar qilmoqda "Oʻzbekneftgaz".
“Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 238 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 3 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyida “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 95-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 1954–1951 metr oraliqda perforatsiya ishlari olib borilgan edi. Oʻshanda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpaytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burgʻilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta taʼmirlanib ishga qoʻshilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 104-sonli quduqda burgʻilash ishlarini tugatdi. Xabarda aytilishicha, 1987–1985, 1980–1977, 1951–1947 metr oraliqlarida perforatsiya ishlari olib borildi.
Yangiliklar lentasi
0