Migratsiya

Gʻarb sanktsiyalariga qaramay mehnat migrantlari Rossiyadan ketmayapti – ekspert

© Sputnik / Aleksey KudenkoKuryer
Kuryer - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soʻnggi kunlarda goʻyoki Rossiyadan migrantlar chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Gʻarb sanktsiyalariga qaramay mehnat migrantlari Rossiyadan ketmayapti. Bu haqda migratsiya boʻyicha ekspert Asilbek Egemberdiyev SputnikLive’ga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Soʻnggi kunlarda goʻyoki Rossiyadan migrantlar chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ishni yoʻqotish, rubl kursi, oʻz vataniga pul oʻtkazib boʻlmaslik sabab qilib koʻrsatilgan.
Ekspert Asilbek Egemberdiyev bu xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
Rossiyadan ketayotgan migrantlar soni koʻp emas, 10 foizdan oshmaydi. Hatto ishsiz qolganlar ham uyga ketishga shoshilmayapti – boshqa joylardan ish topishga harakat qilishmoqda;
Gʻarb kompaniyalarining Rossiyadan ketishi “Makdonalds”dan tortib “Ikea” kompaniyagacha (Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolarining kamida 50 %) migrantlarga taʼsir koʻrsatdi;
biroq migrantlar faqat Moskvadan Rossiyaning boshqa hududlariga ketishgan, xususan, Rostov viloyati va Chechenistonga;
Rossiyadan uyga pul joʻnatish qiyinlashdi, ammo bu jiddiy muammo emas. Oʻrtacha miqdorda 30-35 ming rublni avvalgidek yuborish mumkin;
baʼzi yoshlarning ketishiga feyk xabarlar taʼsir koʻrsatgan. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga migrantlarni safarbar etish” boshlangani haqidagi bemaʼni videolar virusli tarzda tarqaldi.
Ekspertning soʻzlariga koʻra, Rossiya hozir ishchi kuchining chiqib ketishining oldini oladigan resurs yaratishi kerak. Bu migrantlar uchun mehnat birjasi boʻlishi mumkin. Rossiyada bunday birjani yaratish uchun taxminan bir yil vaqt bor, aks holda Gʻarb davlatlari mehnat resurslarini oʻziga jalb qiladi.
Eslatib oʻtamiz, bunga qadar Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan vatandoshlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazgan edi. Ulardan Rossiyadan yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonga qaytishni rejalashtirishayotgani yoki yoʻqligi soʻralgan.
Hozirga kelib unda 14 mingdan ziyod kishi qatnashgan. Ularning 64 foizdan ziyodi hozircha Rossiyada ishlashni davom ettirishlarini maʼlum qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0