O‘zbekiston transafg‘on temir yo‘li qurilishini boshladi – OAV

© Pixabay / 652234Jeleznaya doroga relsi
Jeleznaya doroga relsi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temir yo‘li mintaqaning kelajagi uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston o‘tgan hafta transafg‘on temir yo‘lini qurishni boshladi. Bu haqda Pokistonning “The News International” nashri xabar bermoqda.
Markaziy Osiyoni Pokiston portlari bilan bog‘lovchi magistral loyiha 5 milliard dollarga baholanmoqda. Uning yordamida mintaqadagi tovarlar tez va arzon dunyo okeanlariga chiqib bora oladi.
O‘zbekiston eksport va import yuklarining Sharqiy Osiyo davlatlaridan uzluksiz logistikasini tashkil etish maqsadida Afg‘oniston va Pokistonning yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokida 26–27 mart kunlari Termiz shahrida transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilingan.
Pokiston investitsiya bo‘yicha komissiyasi rahbari Muhammad Azfar Axsanning so‘zlariga ko‘ra, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temir yo‘li mintaqaning kelajagi uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
Uchrashuv davomida uchta mamlakat bo‘ylab yuklarni avtomobillarda tashish muammosi va ularga yechim topish masalalari muhokama qilingan. Pokiston orqali yuk tashish shartlari hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, uchrashuv yakuni bo‘yicha Pokiston va Afg‘onistonning 7 ta kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum va kelishuvlar imzolangan.
RJD transafg‘on temir yo‘linining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyor
Avvalroq O‘zbekiston 2022-yil bahoridan transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha ishlarni boshlashi ma’lum qilingan edi. Buni toliblar* tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Amir Xon Muttaqiyga mamlakat transport vaziri Ilhom Mahkamov Islomobodda o‘tgan muzokaralar chog‘ida aytgani xabar qilingan edi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0