Jamiyat

Qizini ayiq oldiga tashlagan ayol sudda javob berishga qodir emas

© SputnikMedved Zuzu iz Tashkentskogo zooparka
Medved Zuzu iz Tashkentskogo zooparka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ayol umrbod ruhiy hasta boʻlgani tufayli tergov va sudda toʻgʻri koʻrsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi koʻrsatilgan.
TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. Qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborgan ayol tergov va sudda toʻgʻri koʻrsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi maʼlum qilindi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, Toshkent hayvonot bogʻida qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborgan ayolga qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini hal etishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilindi.
Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga koʻra, ayol umrbod ruhiy hastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda toʻgʻri koʻrsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi koʻrsatilgan.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyining boshida ayol kishi yoz qizaloqni Toshkent hayvonot bogʻidagi ayiqlar volyeri ichiga tashlab yuborgan edi. Shundan soʻng qizaloq bir necha kun davomida shifoxonada davolangan, keyin qarindoshlarining uyiga olib ketishiga ruxsat berishgan.
Yangiliklar lentasi
0