Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu: Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifalari bajarildi

© Sputnik / Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishSoveщaniye S. Shoygu s rukovodstvom Minoboronы RF
Soveщaniye S. Shoygu s rukovodstvom Minoboronы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, endi asosiy diqqatni Donbassni ozod qilishga qaratish mumkin.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari umuman olganda bajarildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi.
“Umuman olganda operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari bajarildi. Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli pasaydi, bu asosiy diqqat va asosiy saʼy-harakatlarni asosiy maqsad – Donbassni ozod qilishga qaratishga imkon beradi”, - dedi Shoygu yigʻilish davomida.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar boʻlgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.

Mavzuga oid:

Medvedev muzokaralardagi Rossiya va Ukraina maqsadlarini aytdi
Rossiya jamiyatida Ukraina maxsus operatsiyasini qoʻllab-quvvatlaydiganlar soni oshmoqda
"Kinjal” raketalari bilan Ukraina armiyasining yer osti oʻq-dorilar ombori yoʻq qilindi
Yangiliklar lentasi
0