Dunyoda

Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni keskin oʻsdi – JSST

© AFP 2022 / DALE DE LA REYMeditsinskiye rabotniki vыgrujayut patsiyenta iz mashinы skoroy pomoщi v Gonkonge
Meditsinskiye rabotniki vыgrujayut patsiyenta iz mashinы skoroy pomoщi v Gonkonge  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
21-27 mart kunlari butun koviddan oʻlim holati 43 foizga koʻpaygan.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻtgan hafta davomida COVID-19 bilan kasallanish holatlarning umumiy soni kamaydi, shu bilan birga kasallikdan vafot etganlar soni oshdi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar bermoqda.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, 21 martdan 27 martga boʻlgan davrda yangi kasallanish oldingi haftaga qaraganda 14 foizga kamaygan. Ammo xuddi shu vaqt oraligʻida koviddan oʻlim holati 43 foizga koʻpaygan.
Qayd etilishicha, bu Chili, AQSH, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlarida oʻlim koʻrsatkichlarini aniqlash va qayd etish mezonlariga oʻzgartirish kiritilgani bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin.
21-27 mart kunlari butun dunyo boʻylab 10 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlandi, 45 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Soʻnggi maʼlmotlarga dunyo boʻylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 485 milliondan oshgan, shulardan 6,1 milliondan ziyodi vafot etgan. AQSH (978 648 kishi), Braziliya (659 508) va Hindiston (521 070) koviddan oʻlim holatlari boʻyichi yetakchi.
Oʻzbekistonda soʻnggi kunlarda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgan. Mart oyi boshidan buyon oʻlim kuzatilmayapti. Qurbonlar soni 1 637 nafarligicha qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0