Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov Umurzakov bilan Ukrainadagi maxsus operatsiyani muhokama qildi – Rossiya TIV

© Sputnik / POOLMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya TIV rahbari Xitoyda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyning Tunsu shahridagi uchrashuvda Ukrainadagi maxsus operatsiya hamda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
“Lavrov Sardor Umurzakovni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga oid maxsus harbiy operatsiya hamda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralar jarayoni borishi haqida xabardor qildi”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.
Taʼkidlanishicha, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqishgan.
“Afgʻonistondagi vaziyat va mintaqadagi barqarorli va xavfsizlikni mustahkamlashning qoʻshimcha choralari batafsil koʻrib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Ikki mamlakatning oʻzaro manfaatli hamkorligini kengaytirishga, Rossiya-Oʻzbekistonning strategik hamkorlik va ittifoqchiligining yuqori surʼatini saqlashga boʻlgan intilish tasdiqlangan.
Xitoyda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. 2021 yil 20 oktyabrda Moskvada Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi, 27 oktyabr kuni esa Tehronda ikkinchi uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etishgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar boʻlgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0