Kolumnistlar

Makronning Putinga qoʻngʻiroqlari - Yevropaning soʻnggi umidi

© Sputnik / Sergey Guneev / Fotobankka oʻtishPrezident Frantsii Emmanuel Makron na press-konferentsii po itogam peregovorov s prezidentom RF Vladimirom Putinыm v Kremle
Prezident Frantsii Emmanuel Makron na press-konferentsii po itogam peregovorov s prezidentom RF Vladimirom Putinыm v Kremle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Frantsiya aholisining yarmidan koʻpi maxsus operatsiya davomida Rossiya tomonidan ilgari surilgan dalillardan kamida bittasiga ishonadi.
“Telefon qil, menga, telefon qil” – Robert Rojdenstvenskiy muallifligidagi sevimli qoʻshiq soʻzlari bir uddaburon anonim insonning klipiga aylandi. Muallif davlat ishlari va geosiyosatt bilan charchagan frantsuz prezidentining soqollari oʻsgan, horgʻin ifodali suratlarini olib mashhur qoʻshiqqa qoʻydi.
Yaqinda Putinning Makron bilan boʻlib oʻtgan muloqoti - Rossiya yetakchisining Yevropaning asosiy quloqlariga (vaqtinchalik boʻlsa ham, iyungacha, Frantsiya YEIning raislik postida turguniga qadar) Ukrainadagi geosiyosiy inqirozning hozirgi bosqichida haqiqatdan nimalar sodir boʻlayotganini tushuntirishga boʻlgan urinishidir.
Rossiyaning pozitsiyasi asta-sekin, doimiy, ammo shunga qaramay, toʻppa-toʻgʻri tarzda tor fikrli yevropalikning ham quloqlariga yetib bormoqda.
Nufuzli IFOP (Frantsiya jamoatchilik fikri instituti) tomonidan oʻtkazilgan soʻnggi soʻrovnomalardan biriga koʻra, frantsuz aholisining yarmidan biroz koʻpi maxsus operatsiya davomida Rossiya tomonidan ilgari surilgan dalillardan kamida bittasiga ishonadi.
Ha, ishonch haqidagi fikrlar, garchi sotsiologlar tomonidan imkon qadar yashirilgan boʻlsa ham, hozir Yevropa kun tartibidagi eng muhim mavzulardan biriga aylanib bormoqda.
Yuqori martabali amaldorlar “yaxlit va boʻlinmas” ekanligiga ishontirmoqchi boʻlgan pozitsiya haqiqatda ancha nozik ekanligiga yana bir dalil - sobiq razvedkachi, Yaqin Sharq mintaqasi boʻyicha mutaxassis, hozirgi kunda nufuzli siyosatshunos Erik Denesening izohi boʻldi. Denesedan umumevropa xavfsizlik inqirozining hozirgi keskinlashuvini tavsiflash soʻralganda, u hech tortinmasdan va soʻz ortiga yashirinmasdan, “mavjud vaziyatni Zelenskiy hukumatining oʻzi qoʻzgʻatgani” va hozirgi lahzani kuzatayotganlarning buni tan olishi va koʻrish vaqti keldi, deya taʼkidladi. “Biz “manixiy” deb atash mumkin boʻlgan faqat bitta nutqni eshityapmiz va bir nuqtai nazarni tinglayapmiz” deb xulosa qilgan ekspert.
Denesening soʻzlari bunday sharhlarning birinchisi va, albatta, oxirgisi emas. Hatto oʻzlarining goʻyoki haqligiga cheksiz ishongan Yevropa OAVlari ham, agar tomoshabinlarning bir qismini yoʻqotmaslikni istasa, oʻz oʻquvchilari va tomoshabinlari uchun faqat qora va oq rangda polotno chiza olmaydilar.
Birinchi boʻlib bu ehtiyojni jurnalistlar emas, balki siyosatchilarning oʻzlari his qildi.
Baydenning Polshaga tashrifi chogʻida Rossiya prezidentiga nisbatan haqoratli hujumidan soʻng, Yelisey saroyi ham, Germaniya federal kantsleri idorasi ham darhol jamoatchilikka Oq uyning amaldagi egasi tanlagan ohang, glossariy va taqdimot uslubidan noroziligini bildirdi.
Matbuot geosiyosiy inqirozning hozirgi bosqichi uchun javobgarlik haqida gapirar ekan, tobora koʻproq unga sabab boʻlgan voqealarni eslashga majbur boʻlmoqda.
Faktlar esa oʻjar boʻladi va matbuotga ularning faqat yuzada yotganlariga teginish ruxsat berilmagan boʻlsa ham, OAVlar buni ongli ravishda qilishni istamasalar ham, boshqa jihatlar qatori hamma narsa sodir boʻladigan fonni tasvirlashga ham majbur boʻladi.
Minsk kelishuvlarini tayyorlash va imzolashda Frantsiyaning vositachilik tarixi haqida gapirar ekan, matbuotning (tasodifan yoki bilib, qoralamaymiz va bahslashmaymiz), masalan, 2018 yilda Parijdagi rasmiylar uchun Qrim borasidagi savollar, taʼkidlanganidek, “amalda yopiq” boʻlgan.
Ha, albatta, bir qator OAVlarda mazkur yarim orol hamon “Rossiya tomonidan annektsiya qilingan” deb atalishda davom etmoqda. Ammo bu, ular taʼkidlaganidek, OAVning kun tartibi. Bu kun tartibi oʻsha paytdagi qarorlar chiqarilgan siyosiy kun tartibidan ham farq qiladi. Baʼzan diametrik ravishda.
Bugun yodga olish mantiqiy boʻlgan ikkinchi omil - hozirgi konʼyuktura haqida emas. Va bundan uchun ochko toʻplash istagi haqida ham emas.
Borgan sari yuzaga chiqayotgan bu ikkinchi omil, yevropalik siyosatchilarning oʻzlari oʻylaganidek, bor kuchlari bilan na qitʼa tarixini, na geografiyasini mutlaqo oʻzgartira olmasligini anglab yetganlaridir.
Va, albatta, avvaliga ular kiritgan sanktsiyalar oʻz iqtisodlariga hech qanday taʼsir koʻrsatmasligiga ishonishgan boʻlsa, endi buning aksini anglash hukmronlik qilmoqda.
Bir oy oldin ular beparvolik bilan stagnatsiya (turgʻunlik) ehtimoli haqida gapirishardi, keyin esa - va biroz oshkora - stagflyatsiya xavfini eslatib oʻtishdi (iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning koʻpayishi va shunday pul birligi qadrsizlanishi) endi esa uzoqni koʻra oladigan texnokratlar ham allaqachon qitʼa iqtisodiyoti nazorat qilib boʻlmaydigan tubsizlikka tushishi mumkinligini eʼlon qilishga ulgurishdi.
Va inqiroz miqyosini Yevropa Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin boshdan kechirgan voqealar bilan solishtirish mumkinligini ham.
Makron bu haqida biladimi?
Bilmasligi mumkin emas.
U voqealarning bunday salbiy stsenariy boʻyicha rivojlanishi unga birinchi navbatda siyosatchi sifatida qanday tahdid solayotganini tushunadimi?
Bir qator umumiy ish tashlashlar va “sariq jiletlilar” harakati, pandemiya va u bilan bogʻliq cheklovlar iqtisodiyotga keltirgan zarardan soʻng, uning buni tushunmaslikka haqqi yoʻq.
Makronning (Germaniya kantslerining ham buni tushunmasligi boʻlishi mumkin emasligi kabi) YEIning butun byudjet siyosati chok-chokidan sitilayotganini va allaqachon boshlangan sanktsiyalar yongʻini paytida yevrozona moliyaviy intizomi tomonidan eʼlon qilingan barcha postulatlar yonib-kuyishini tushunolmasligi mumkin emas.
Energiya tashuvchilari narxi koʻtarilmasa ham, vakolati ostidagi aholi tez qashshoqlashayotganini Frantsiya hukumatining koʻrmasdan iloji yoʻq (yaxshiku, aholi tobora qashshoqlashyapti, pul ishlatish imkoniyatlarini yoʻqotyapti, alal-oqibat uni isteʼmol qilish imkonini ham).
Frantsiya hukumati dunyoda yettinchi (hozircha, albatta) oʻrinni egallagan bu bozor iqtisodiyoti odamlar uchun pul yetishmasligi aynan shu iqtisodiyot uchun de-fakto hukm ekanligini bilmay qolishi mumkin emas, chunki uning asosi koʻp ishlab chiqarishda emas (u allaqachon Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlariga oʻtkazilgan), koʻp isteʼmol qilishga asoslangan.
Albatta, matbuotda “inson huquqlariga rioya qilish” zarurligi haqida bayonotlar chiqariladi, barcha zarur havotirlar bildiriladi, Frantsiyaning oʻzi, shuningdek, Gretsiya va Turkiya tomonidan yaratib berilishi kerak boʻlgan gumanitar yoʻlaklarni yaratish kafolatlariga chaqiriqlar ham eshitiladi.
Va, ehtimol, kimdir bunday diplomatik demarshi boʻlib oʻtishiga ham ishonar.
Aslida Frantsiya rahbarining diplomatik faoliyati hissiyotga emas, balki pragmatizmga asoslangan. U tarixni ham, geografiyani ham yaxshi bilganligi sababli, hozirgi harakatlari Frantsiyani kelajakda muvaffaqiyatga olib kelishi mumkinligini juda yaxshi tushunadi. Iqtisodiy va siyosiy, agar inqirozning oldini ololmasa, hozirgi geosiyosat muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Qanchalik uzoq muddatga choʻzilsa shunchalar katta va chuqurlashib ketadigan muammolarni Kontinental Yevropa anglo-sakson ittifoqchilari va ularning afsunlariga qaramay mustaqil ravishda hal qilishi kerak boʻladi.
Shu bilan birga, kontinental Yevropa oʻz iqtisodiyotini IVL apparatiga ulab turgan holda ushlab turishi kerak boʻladi. Butunlay tom maʼnoda.
Va shu bilan birga, mana shu Yevropa bu shaxmat oʻyinidagi barcha kuzirlar, yangi Yevropa xavfsizligi shifrlarining barcha kalitlari va iqtisodiyotining nafas olishiga imkon beradigan barcha oʻtish tugmalari va funktsiyalari bu “goʻzal xonimlar”ga yoqsa-yoqmasa ham Moskvaning qoʻlida ekanligini unuta olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0