https://sputniknews-uz.com/20220330/oqituvchilarni-uzr-sorashga-majburlagan-marhamat-hokimi-orinbosari-jarimaga-tortildi-23667973.html
Oʻqituvchilarni uzr soʻrashga majburlagan Marhamat hokimi oʻrinbosari jarimaga tortildi
Oʻqituvchilarni uzr soʻrashga majburlagan Marhamat hokimi oʻrinbosari jarimaga tortildi
Qurbonov taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish moddasida... 30.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-30T20:28+0500
2022-03-30T20:28+0500
2022-03-30T20:28+0500
jamiyat
andijon
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1e/23667942_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_d70219a30528bd9bc7f8131ec35ca9a4.jpg
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tuman sudi maktab oʻqituvchilarini ota-onalardan uzr soʻrashga majbur qilgan hokim oʻrinbosari Muxtor Qurbonovga jarima jazosini tayinlandi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda."Daryo" nashrining yozishicha, amaldor 4 fevral kuni tumandagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqituvchilariga taʼlim sifati, oʻquvchilarning oliygohga kirish koʻrsatkichi pastligini vaj qilib, buning uchun ota-onalardan uzr soʻrashlari toʻgʻrisida topshiriq bergan. Hamda buni amalga oshirtirib, taʼlim muassasasi pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan.Huquqbuzar sudda aybiga iqror boʻlib, pushaymonligini bildirgan.Sud qarori bilan Qurbonov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismida (taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, yaʼni 2,7 million soʻm jarima jazosi tayinlangan.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi Andijonda oʻqituvchilarning uzr soʻrashga majburlanishi ortidan maktab direktori va Marhamat tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, Marhamat tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilinganini maʼlum qilgan edi. Tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.Eslatib oʻtamiz, fevral boshida Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda oʻqituvchilar oʻquvchilarning oʻzlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr soʻragani aytilgan xabar tarqalgan edi. Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov buni davlat siyosatiga qarshi harakat deb baholadi. Keyinchalik Marhamat tumani hokimi Bobur Yoʻldoshev sodir boʻlgan holat yuzasidan oʻqituvchilardan uzr soʻrab chiqdi. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi uzrbozlikda tuman hokimini aybladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1e/23667942_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_279a08a526b6e1ea5d4363c754fa04f0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
andijon
Oʻqituvchilarni uzr soʻrashga majburlagan Marhamat hokimi oʻrinbosari jarimaga tortildi
Qurbonov taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tuman sudi maktab oʻqituvchilarini ota-onalardan uzr soʻrashga majbur qilgan hokim oʻrinbosari Muxtor Qurbonovga jarima jazosini tayinlandi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.
"Daryo" nashrining
yozishicha, amaldor 4 fevral kuni tumandagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqituvchilariga taʼlim sifati, oʻquvchilarning oliygohga kirish koʻrsatkichi pastligini vaj qilib, buning uchun ota-onalardan uzr soʻrashlari toʻgʻrisida topshiriq bergan. Hamda buni amalga oshirtirib, taʼlim muassasasi pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan.
Huquqbuzar sudda aybiga iqror boʻlib, pushaymonligini bildirgan.
Sud qarori bilan Qurbonov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismida (taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, yaʼni 2,7 million soʻm jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi Andijonda oʻqituvchilarning uzr soʻrashga majburlanishi ortidan maktab direktori va Marhamat tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, Marhamat tumani hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilinganini
maʼlum qilgan edi. Tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, fevral boshida Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda oʻqituvchilar oʻquvchilarning oʻzlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr soʻragani aytilgan
xabar tarqalgan edi. Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov buni davlat siyosatiga qarshi harakat
deb baholadi. Keyinchalik Marhamat tumani hokimi Bobur Yoʻldoshev sodir boʻlgan holat yuzasidan oʻqituvchilardan
uzr soʻrab chiqdi. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi uzrbozlikda tuman hokimini aybladi.