Jamiyat

SamDU talabasi 9-qavatidan tushib ketib vafot etdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand Ichiki ishlar boʻlimi dastlabki xulosasiga koʻra u oʻzini 9-qavatdan tashlagan boʻlishi ham mumkin.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Kecha Samarqand Davlat universiteti talabasi yotoqxonaning 9-qavatidan tushib ketdi. Bu haqida Zamon informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada maʼlum qilindi.
Xabarda aytilishicha, talaba qiz Samarqand shahri Spitamenshoh koʻchasida joylashgan talabalar turar joyining 9-qavatidan oʻzini tashlab yuborgan. Qizning xonadoshi bu holatdan ichki ishlar xodimlari kelganidan keyin xabar topganini aytib oʻtdi. Qayd etilishicha, qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan, ammo u 9-qavatga chiqib oʻzini tashlagan. Talaba qiz voqea joyida vafot etgan.
“Talaba qiz qanday qilib 9 qavatdagi deraza tokchasiga chiqqani, qanday qilib pastga qulagani aniq emas. Balki u oʻzini 9-qavatdan tashlagan boʻlishi ham mumkin”, deya habar bermoqda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0