Siyosat

Turkiya bilan qanday strategik shartnomalar imzolandi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 30 mar - Sputnik. Toshkentda 29 mart kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari uchrashuvida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yigʻilishi yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot imzoladilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.
Jumladan:
Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim;
Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan axborot almashish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi;
Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida 2022-2023 yillarga moʻljallangan Harakatlar rejasi;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi oʻrtasida Hamkorlik bitimi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Prezidentlar uchrashuvida oʻzaro munosabatlar ayniqsa keyingi yillarda ildam rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan oʻzaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga oʻsib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qoʻshma korxonalar soni 5 barobar koʻpayib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik koʻrsatkichlari 70 barobarga oʻsgani aytib oʻtildi.
Munosabatlar 30 yilligi ramzi sifatida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga koʻchat oʻtqazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Tayiba Erdogana
Yangiliklar lentasi
0