Rossiya

Amerikalik investor rublning mustahkamlanishidan hayratda qoldi

© Sputnik / Vladimir TrefilovMonetы nominalom odin rubl
Monetы nominalom odin rubl - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQShlik investor Adam Taunsendning aytishicha, rubl sanktsiyalar taʼsirida yoʻqotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab olgan.
TOSHKENT, 31 mar - Sputnik. Amerikalik investor Adam Taunsend Gʻarb sanktsiyalari fonida Rossiya rublining mustahkamlanishidan hayratda qoldi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida shunday yozgan.

“Rubl oʻzining sanktsiyalar taʼsirida yoʻqotgan barcha pozitsiyalarini qayta tiklab oldi”, - dedi Taunsend.

Taunsend, shuningdek, Rossiyada inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda past ekanligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi, bunga javoban Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqchilari birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni eʼlon qildi.
Rossiya oltin-valyuta zahiralarining qariyb yarmi, 300 milliard dollarga yaqini Gʻarbda muzlatib qoʻyilgan. Lekin Moskvaga nisbatan kiritilgan sanktsiyalar bosimi Gʻarb davlatlarining oʻzi uchun iqtisodiy muammolaga aylandi. AQSH va Yevropada yoqilgʻi va oziq-ovqat narxlarining oshishi kuzatilmoqda. Vaziyat ayniqsa Rossiya prezidenti tomonidan gaz uchun toʻlovni rublga oʻtkazish haqidagi topshirigʻidan soʻng keskinlashdi.
Rossiyaning xorijdagi valyuta hisob raqamlari cheklangan vaziyatda, Vladimir Putin 23 mart kuni doʻstona boʻlmagan davlatlarga gazni faqat rublda yetkazib berish toʻgʻrisida topshirib berdi, va toʻlovni "ularning valyutasida olish maʼnosiz" ekanini aytdi.
Rossiya Markaziy banki va "Gazprom" kompaniyasi 31 martga qadar Yevropa bilan rublda operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shu bilan birga, u Rossiya gaz yetkazib berishdan bosh tortmasligini va gazni avvalgi shartnomalarda belgilangan hajmlarda va narxlarda yetkazib berishda davom etishini alohida taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0