Iqtisod

Davlat organlariga mashina, mebel, ofis anjomlarini xarid qilish taqiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident: barcha iqtisod qilingan mablagʻlar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yoʻnaltiriladi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish boʻyicha taʼsirchan choralarni davom ettirishga koʻrsatma berdi.
Buning uchun hudud va tarmoq xarajatlarini 10 trillion soʻmga qisqartirish talab etiladi.
Prezident yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga:
moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan qurilishlarni boshlash;
bino taʼmirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishni qatʼiyan taqiqladi.
Bosh prokuraturaga byudjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish va viloyat kesimida har hafta prezidentga axborot berish topshirildi.
"Bu – mablagʻlar olib qoʻyiladi, degani emas. Barcha iqtisod qilingan mablagʻlar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yoʻnaltiriladi", - dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, hudud va tarmoqlar rahbarlariga 2022 yil 1 apreldan boshlab davlat dasturlaridan tashqari byudjetdan ssuda berish va banklarga depozit qoʻyishni toʻxtatishga topshiriq berildi.
Har bir tarmoq va hudud rahbari bugundanoq aniq hisob-kitob qilib, uch kun muddatda oʻz rejalarini ishlab chiqishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Yangiliklar lentasi
0