Kolumnistlar

Kiyevga Gʻarb qurollari yetkazib berilishining maqsadi – “soʻnggi ukrainalikka qadar” urush

© AFP 2022 / ANATOLII STEPANOVServicemen of Ukrainian Military Forces on the front-line with Russia-backed separatists near Novognativka village, Donetsk region, examine a Swedish-British portable anti-tank guided missile NLAW that was transferred to the units as part of Britain's military-technical assistance, on February 21, 2022. (Photo by Anatolii STEPANOV / AFP)
Servicemen of Ukrainian Military Forces on the front-line with Russia-backed separatists near Novognativka village, Donetsk region, examine a Swedish-British portable anti-tank guided missile NLAW that was transferred to the units as part of Britain's military-technical assistance, on February 21, 2022. (Photo by Anatolii STEPANOV / AFP) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina AQSH va NATOning Rossiya bilan geosiyosiy kurashidagi chiqim material. Shu bois tinch ukrain fuqarolariga gumanitar yordam emas, balki millatchi Kiyev rejimiga Gʻarb qurol-aslahalarini yetkazib berish ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 29 mart kuni dediki: “Ayrim NATO mamlakatlari yetakchilarining Ukrainaga samolyot va havo hujumiga qarshi tizimlar yetkazib berish niyati borligi haqidagi bayonotlarini kuzatyapmiz. Ular amalga oshirilgan taqdirda, mos ravishda munosabat bildiramiz”. Bu bilan Shoygu Ukraina hududidagi jangovar texnikani zudlik va yuqori aniqlik bilan yakson qilishga kafolat berdi.
Koʻrinib turibdiki, alyansning ayrim mamlakatlari Ukraina Qurolli kuchlariga moʻljallangan Gʻarb qurol-yarogʻi bevosita oʻz hududida “demilitarizatsiya” qilinishidan hayiqmoqda, boʻlmasa yaqinda Bolgariya, Vengriya va Ruminiyaning bortiga Turkiyaning yangi Bayraktar TB2 dronlari ortilgan Ukraina transport samolyoti uchun havo maydonini taqdim etishdan bosh tortganini tushuntirish qiyin. Bu Kiyev rejimi uchun yomon belgi va “hamkorlar”ning turli bahonalar bilan ustalik bilan oʻzini olib qochishiga toʻgʻri kelmoqda.
29 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashi da Rossiyaning doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukrainaga Gʻarb qurollari DHL mashinalarida yetkazib berilayotgani hamda berkinish uchun tibbiyot belgisi boʻlgan transportdan foydalanilayotgani haqida maʼlum qildi. Bu nozik kinoyaga oʻxshash: bilamiz, koʻryapmiz, hayo pardasi ustidagi atlantik saʼy-harakatlarni nazorat qilyapmiz, va qurol tranzitining oldini olishga tayyormiz.
Nebenzya qurollarning “inkassator” mashinalarida tashib oʻtilayotganini eslab oʻtmadi, lekin ularning singan qoldqlari Ukraina yoʻllarida yotibdi. Rossiya Qurolli kuchlari “hamkorlarning” qora niyatli faolligini tunu kun kuzatmoqda.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOni UQKga har bir yuzinchi tank va samolyotni berishga chaqirgandi. Oydan ravshanki, Kiyev rejimining ishlari chatoq, biroq Gʻarb quro-yarogʻi ham yordam bermaydi.
Rossiya Quroli kuchlari maxsus operatsiyasining maqsadlari oʻzgarmagan – Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish. AQSH va NATOning Bandera va Shuxevichni qadrlovchilarning mustaqilligi uchun Uchinchi jahon urushining ehtimoli judam kam. Kiyev rejimining taslim boʻlish haqidagi akti – Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasining ehtimoliy yakuni. Gʻarbda Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish UQKning batamom nest boʻlishiga olib kelishini tushunishadi, biroq bunda Rossiya mudofaa salohiyatini susaytirish imkoniyatini koʻrishmoqda.

Halokatli ustuvor vazifalar

Gʻarb mamlakatlari bir oy ichida 24 fevraldan buyon UQKga 5000 dona qurol-aslaha, jumladan, artelliriya, tankka qarshi va zenit majmualarini yetkazib berishdi.
Rossiya QK bosh shtabining bosh operativ boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Kiyev rejimi 109 ta artilleriya uskunasi, 3800 ta tankka qarshi majmualar ("Djavelin", "Milan", "Konkurs", RPG "Enlav", "Pantserfaust", "M-72") hamda 897 ta ) "Stinger", "Igla" koʻchma zenit raketa majmualarini olgan. Asosiy yetkazib berish nuqtasi Ukraina chegarasidan 80 km uzoqlikda joylashgan Polshaning Jeshuv aeroporti boʻlgan (kuni kecha u yerda Amerika prezidenti Jozef Bayden boʻlgani tasodif emas).
Germaniya Ukrainaga 2650 ta "Matador" (RGW90 Matador) reaktiv tankka qarshi granatomyot yetkazib berdi va may oxiriga qadar UQKga yana 2450 ta granatomyot yetkazib berishni moʻljallamoqda. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga “yanada halokatlirovq” qurol yetkazib berish niyati borligini bildirdi.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles 26 mart kuni UQKga “Challenger” tanklarini taqdim etish “ish bermasligini” aytdi. Va qoʻshimcha “Starstreak” yetkazib berishga vaʼda berdi.
AQSH, Turkiya va Polsha Ukrainani uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan taʼminlamoqda. Qoʻshma Shtatlar UQKni qayta qurollantirish uchun milliard dollarlar sarflamoqda. “The Wall Street Journal” nashri xabariga koʻra, AQSH Ukrainaga sovet ishlab chiqarilgan havo hujumiga qarshi tizimlarni yetkazib bermoqda. Ularni oʻn yillarcha oldin “yashirincha xarid qilishgandi”. Amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari zudlik bilan UQKga sovet ishlab chiqargan zenit-raketa majmualarini joʻnatdi – S-300V i S-300P, "Osa-AKM", "Strela-3".
“Military Watch” nashrining yozishicha, Bolgariya, Vengriya Slovakiya, Chexiya, Shimoliy Makedoniya va Polsha nazariy jihatdan Kiyev rejimiga ixtiyorlarida boʻlgan T-72 modifikatsiyali 860 tadan ziyod turli tanklarni berishga qodir. Ammo bu son 24 fevral holatiga koʻra UQKda boʻlgan tanklar soniga mos keladi va ular bir oy ichida yoqib yuborilgan yoki jang maydonida tashlab ketilgan edi. Shu tariqa, Gʻarb yetkazib berishlarining na soni, na sifati “Rossiya qoʻshinlariga chaqirish tashlashga” imkon beradi.

Jangovar ustunlik

Rossiya qoʻshinlari bir maromda UQK obʼyektlari va “hamkorlar sovgʻalarini” yoʻq qilib kelmoqda, har kuni qurol-yarogʻ va bazalarga, jumladan, import zenit-raketa majmualari va tankka qarshi reaktiv majmualarga yuqori aniqlikda zarba berishmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi muntazam butun Ukraina hududi boʻylab oʻt ochish natijalarini koʻrsatib keladi. Pentagon hisob-kitoblariga koʻra, maxsus harbiy operatsiya boshidan buyon Rossiya turli turdagi 1370 ta raketani qoʻllagan. Shunday boʻlsada, asosiy gap sonda emas, balki Rossiya raketalarining texnoligik jihatdan ustunligi va qudratligida.
Oʻtgan sutka davomida Ukrainaning 64 ta harbiy obʼyekti nest-nobud qilingan: Nikolayev viloyatidagi uchta boshqaruv punkti, Jitomir viloyatida uchta S-300, Roven viloyatida Ukrainaning Su-24 bombardimonchisi hamda ikkita “buk-M1”, ikkita raketa-arsenal qurollari, ikkita yirik yonilgʻi bazasi va 10 dron.
36 ta Turkiyaning “Bayraktar TB2” dronidan 25 martga kelib UQKda bitta qoldi. Maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan buyon yoʻq qilingan: 124 ta samolyot va 77 ta vertolyot, 214 ta zenit raketa majmualari, 321 ta dron, 1752 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashina, 184 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizim qurilmalari, 723 ta dala maydoni artilleriyasi uskunasi.
Yoʻqotishlar statistikasi Gʻarbning Kiyev rejimiga koʻrsatayotgan yordamining past samarasi va UQKning keyingi qarshilik koʻrsatishining foydasi yoʻqligidan dalolat beradi.
Yangiliklar lentasi
0