Kogonda meteorologik radiolokator o‘rnatildi

© UzgidrometV Buxare zapustili gidrometeorologicheskiy radar
V Buxare zapustili gidrometeorologicheskiy radar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Meteorologik lokator 200 km radiusdagi ob-havoni aniqlaydi va ma’lumotlarni har 10 daqiqada yangilanaydi.
TOShKENT, 31-mart — Sputnik. Buxoro viloyati Kogon tumanida meteorologik radiolokator (MRL) uskunasi o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bu haqida O‘zgidromed ma’lum qildi.
Meteorologik lokator 200 km radiusda mavjud va kutilayotgan ob-havo xodisalari to‘g‘risida xabardor qiladi. U bulutlar oqimi va turi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar miqdori va turi (yomg‘ir, do‘l, qor) hamda uning davomiyligi, momaqaldiroq sodir bo‘lgan hududlarni vizualizatsiya qilish orqali meteorologik kartalarga tushiradi va oldindan xabar beradi.
“Ma’lumotlar har 10 daqiqada yangilanadi va muntazam ravishda O‘zgidrometning meteorologik lokatorlar geografik axborot-tahliliy geoportaliga uzatib boriladi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Prezidentning 4896-son qarori bilan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, meteorologik radiolokator uskunasini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish Finlandiyaning “VAISALA OyJ” kompaniyasi bilan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Shavkat Mirziyoyev meteorologiya xizmatining moddiy-texnik ta’minotidagi kamchiliklar haqida gapirib, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida lokatorlar o‘rnatish, barcha stansiyalarni avtomatlashtirish, yangi stansiya va postlar qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0